Flagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Samarqand — 2023
2023 yil 14-aprel kuni Samarqand shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning arafasida, 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.

Samarqandda Lavrov va Saidovning ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi - video

© Sputnik/Zafar XalilovSergey Lavrov v Samarkande provodit vstrechu s glavoy MID Uzbekistana Baxtiyerom Saidovim
Sergey Lavrov v Samarkande provodit vstrechu s glavoy MID Uzbekistana Baxtiyerom Saidovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov Samarqandda Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi.
SAMARQAND, 13 apr — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrovning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
Juma kuni Rossiya TIV rahbari MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etadi.
Shuningdek, Rossiya diplomatik idora rahbari Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar idoralari rahbarlarining oltinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari uchrashuv o‘tkazgandi.
Mintaqaviy “to‘rtlik” yig‘ilishi Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlandi.
Uchrashuv ishonchli muhitda Afg‘onistondagi vaziyatni ochiq muhokama qilish, xavfsizlik jihatlariga e’tibor qaratish, Afg‘oniston hududidan kelayotgan terrorizm tahdidlari va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish imkonini berdi.
Yangiliklar lentasi
0