G‘arb Rossiyaga qarshi kiberqurolning yangi turlaridan foydalanmoqda — FXX

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishXakeri iz Fancy Bears
Xakeri iz Fancy Bears  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina hududidan turib Rossiyaga uyushtirilayotgan kiberhujumlarda Pentagon va NATOning qo‘li bor — Rossiya FXX.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. G‘arb davlatlari Ukrainaning kompyuter tarmoq infratuzilmasidan foydalangan holda Rossiyaga qarshi kiberqurollarning yangi turlaridan foydalanmoqda, deb xabar berdi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) matbuot xizmati. RIA Novosti xabariga asosan.

"Aniqlangan kompyuter tahdidlarini tahlil qilish jarayonida AQSh va NATO mamlakatlari tomonidan Ukraina hududidan turib, Rossiyaning fuqarolik obyektlariga nisbatan ommaviy kompyuter hujumlari uyushtirilgani ma’lum bo‘ldi. Bunda ular Ukrainaning tarmoq infratuzilmasidan foydalangan. G‘arb davlatlari maxsus bo‘linmalari yangi turdagi kiberqurollardan yashirin ravishda foydalanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Umumiy hisobda, 2022-yil boshidan buyon Rossiyaning muhim infratuzilma obyektlariga besh mingdan ortiq xakerlik hujumlari qayd etilgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli salbiy oqibatlarning oldi olingan.

“Kiberhujumlar Pentagon qo‘shma qo‘mondonligining bevosita ishtirokida xalqaro ("Anonymous", "Silence") va milliy ("Ghost Clan" — AQSh, "RedHack" — Turkiya, GNG — Gruziya, "Squad 303" — Polsha) xaker jamoalari yordamida amalga oshirilgan.

Ushbu operatsiyalarda Vashington o‘z ishtirokini yashirish urinmoqda va hammasiga Ukrainaning "IT Army of Ukraine" xakerlar guruhini ko‘rsatmoqda. Lekin FXX kiberhujumlar buyurtmachilarini aniqlash va ularni javobgarlikka tortish uchun barcha imkoniyatlarga ega.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin fevral oyi oxirida FXX oldida turgan asosiy vazifalardan biri - axborot xavfsizligini ta’minlash degan edi. Chunki Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan miqyosda kiberhujumlar boshlangan. 2022-yilda amalga oshirilgan raqamli hujumlarning aksariyati axborot o‘g‘irlash va texnologik jarayonlarni buzish, shuningdek, jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyektlar faoliyatiga xalaqit berishga qaratilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0