YeIning muzlatilgan Rossiya aktivlarini qaytarishiga to‘g‘ri keladi — OAV

© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi s simvolikoy Yevrosoyuza u zdaniya Yevrokomissii v Brussele.
Flagi s simvolikoy Yevrosoyuza u zdaniya Yevrokomissii v Brussele. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, muzlatilgan aktivlarga tegmaslik kerak, chunki bir kun kelib, mojaro tugagach, ularni Rossiyaga qaytarish kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Yevropa Ittifoqi muzlatib qo‘yilgan Rossiya mablag‘lari bilan Ukrainani tiklashga yordam bermoqchi, biroq buni uddalay olmaydi. Bu haqda RIA "Die Welt" nashri maxfiy hujjatga tayangan holda xabar berdi, deya yozadi RIA Novosti.

"Nashr etilmagan hujjatlarga ko‘ra, Yevropa komissiyasi aqlli xulosaga kelmoqda: muzlatilgan aktivlarga tegmaslik kerak, chunki bir kun kelib, mojaro tugagach, ularni Rossiyaga qaytarish kerak bo‘ladi", - deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, ularning asosiy qismini topa olmaslik alohida qiyinchilik tug‘diradi.
Agar aktivlar aniqlangan va muzlatilgan bo‘lsa ham, hech kim ularni musodara qila olmaydi, chunki rossiyalik milliarderlar jinoyat sodir etganligini isbotlash kerak bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi har bir ishni sudda ko‘rib chiqishi kerak, bu esa yillar talab qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqining ba’zi davlatlari Belgiya va Lyuksemburg katta miqdorda mablag‘larni muzlatishga muvaffaq bo‘lgan. Shunday qilib, Malta Rossiya fuqarolariga tegishli atigi 222 470 yevroni, Gretsiya 212 201 yevroni muzlatib qo‘ydi.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0