https://oz.sputniknews.uz/20230413/bugun-samarqandda-afgonistonga-qoshni-davlatlar-vazirlari-konferentsiyasi-bolib-otadi-33855613.html
Bugun Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlari konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
Bugun Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlari konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi.
2023-04-13T09:32+0500
2023-04-13T09:32+0500
2023-04-13T12:00+0500
samarqand — 2023
afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va rossiya 4-anjumani
samarqand
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0c/33828062_0:0:2560:1441_1920x0_80_0_0_f5f6e0ea7d4801050f46a04e643da210.jpg
SAMARQAND, 13 apr — Sputnik. Bugun Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi.O‘zbekiston TIV matbuot xizmatida ta’kidlanishicha, kun tartibiga inson huquqlariga rioya qilish va mamlakatning asosiy etnik-siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi chinakam qamrab oluvchi hukumatni yaratish orqali Afg‘oniston ichidagi yarashuv jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritiladi.Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning sharqiy Anxuy provinsiyasidagi Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan.Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda. 12-aprel kuni u O‘zbekistonga keldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0c/33828062_250:0:2314:1548_1920x0_80_0_0_3101bfc3177b9ae41bbb3e565f28252b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand 2023
Bugun Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlari konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
09:32 13.04.2023 (yangilandi: 12:00 13.04.2023) Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi.
SAMARQAND, 13 apr — Sputnik. Bugun Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi.
Uchrashuvda ishtirokchi davlatlar afg‘on masalasi bo‘yicha pozitsiyalarini solishtirishni rejalashtirgan. Xavfsizlik, terrorizm va Afg‘oniston hududidan narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi tahdidlariga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatida ta’kidlanishicha, kun tartibiga inson huquqlariga rioya qilish va mamlakatning asosiy etnik-siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi chinakam qamrab oluvchi hukumatni yaratish orqali Afg‘oniston ichidagi yarashuv jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritiladi.
Uchrashuv Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni yaxshilash va Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash, jumladan, mintaqaviy infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish orqali sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning sharqiy Anxuy provinsiyasidagi Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan.
Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda. 12-aprel kuni u
O‘zbekistonga keldi.