https://oz.sputniknews.uz/20230413/afgonistondagi-beqarorlik-uchun-aqsh-javobgar--eron-tiv-33890429.html
Afg‘onistondagi beqarorlik uchun AQSh javobgar – Eron TIV
Afg‘onistondagi beqarorlik uchun AQSh javobgar – Eron TIV
Sputnik O‘zbekiston
Eron AQShning noto‘g‘ri siyosatidan xavotirda, deydi TIV rahbari.
2023-04-13T15:39+0500
2023-04-13T15:39+0500
2023-04-13T20:14+0500
samarqand — 2023
afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va rossiya 4-anjumani
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33873201_0:0:1125:633_1920x0_80_0_0_292c4d2554dbbd8962ed7125187552b9.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. AQShning Afg‘onistondagi siyosati terrorizmning rivojlanishiga va mamlakatda xavfsizlikning yo‘qligiga olib keldi. Bu haqda RIA Novosti Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiynga tayanib yozmoqda.Eslatib o‘tamiz, Samarqandda “Rossiya-Xitoy-Pokiston-Eron” to‘rt tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Samarqandda 13-aprel kuni Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etmoqda. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqi ham Samarqandga kelgan, lekin u faqat TIV rahbarlari bilan alohida uchrashuvlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Tadbirda qo‘shni davlatlar afg‘on muammosi bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini solishtirishi, Afg‘onistonda gumanitar vaziyatni yaxshilash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, terrorchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.Kun tartibiga, shuningdek, Afg‘onistonda inson huquqlarini hurmat qilish va mamlakatning barcha etnik va siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumat yaratish orqali umumafg‘on ichki yarashuv jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritilgan.Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Ushbu formatdagi birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33873201_125:0:1125:750_1920x0_80_0_0_8964d719d042fda2dbda9d6e15c72f86.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron tiv
Afg‘onistondagi beqarorlik uchun AQSh javobgar – Eron TIV
15:39 13.04.2023 (yangilandi: 20:14 13.04.2023) Afg‘oniston muammolarini hal qilish uchun G‘arb, AQShning aralashuvi emas, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish muhim - Eron.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. AQShning Afg‘onistondagi siyosati terrorizmning rivojlanishiga va mamlakatda xavfsizlikning yo‘qligiga olib keldi. Bu haqda RIA Novosti Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiynga
tayanib yozmoqda. “Eron terrorizm va ekstremizmning uzluksiz rivojlanishiga va Afg‘onistonda xavfsizlikni yo‘qqa chiqarayotgan AQShning noto‘g‘ri siyosatidan xavotirda... Bugun Afg‘oniston mintaqa uchun muhim bo‘lgan bu davlatni yigirma yil davomida qashshoqlik va beqarorlik sari yetaklab kelgan G‘arb, AQSh va aktorlarning aralashuvidan ko‘ra, mintaqaviy darajada hamkorlik va muammolarni hal qilishga muhtoj”, - dedi Abdullohiyn.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda “Rossiya-Xitoy-Pokiston-Eron” to‘rt tomonlama uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Samarqandda 13-aprel kuni Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etmoqda. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqi ham Samarqandga kelgan, lekin u faqat TIV rahbarlari bilan alohida uchrashuvlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Tadbirda qo‘shni davlatlar afg‘on muammosi bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini solishtirishi, Afg‘onistonda gumanitar vaziyatni yaxshilash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, terrorchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kun tartibiga, shuningdek, Afg‘onistonda inson huquqlarini hurmat qilish va mamlakatning barcha etnik va siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumat yaratish orqali umumafg‘on ichki yarashuv jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritilgan.
Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Ushbu formatdagi birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan edi.