Flagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Samarqand — 2023
2023 yil 14-aprel kuni Samarqand shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning arafasida, 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.

Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlari to‘rtinchi uchrashuvi yakunlari

© MID UzbekistanaMinisterskaya vstrcha stran-sosedey Afganistana, Samarkand 13-aprelya
Ministerskaya vstrcha stran-sosedey Afganistana, Samarkand 13-aprelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Obuna bo‘lish
Samarqanddagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Afg‘onistonning qo‘shni davlatlari xalqaro terrorizmga qarshi kurashda chora-tadbirlarni kuchaytirish muhimligini qayd etishdi.
SAMARQAND, 13 apr — Sputnik. Bugun Samarqandda, O‘zbekiston risligida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining to‘rtinchi uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston, Eron, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etdi. O‘zbekiston TIV rasmiy xabari asosida.

Tadbir yakunlari quyidagilar:

Afg‘onistonning amaldagi rasmiylari jahon hamjamiyatining asosiy talablari – inklyuziv hukumat yaratish, afg‘onistonlik ayollarning mehnat va ta’lim olish imkoniyatini hamda milliy ozchiliklarning huquqlarini ta’minlash kabi asosiy talablarning bajarishi kerak;
Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish va mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan birgalikdagi harakatlar mexanizmini ishlab chiqish zarur.
Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar xalqaro terrorizm, giyohvand moddalar ishlab chiqarish va ularning kontrabandasiga qarshi kurash chora-tadbirlarini kuchaytirishi kerak.
Afg‘oniston, Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi asosiy omilga aylanishi mumkin. Uning ushbu salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish kerak. Buning uchun qo‘shni davlatlar Afg‘onistonda infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq.
© MID UzbekistanaMinisterskaya vstrcha stran-sosedey Afganistana, Samarkand 13-aprelya
Ministerskaya vstrcha stran-sosedey Afganistana, Samarkand 13-aprelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Ministerskaya vstrcha stran-sosedey Afganistana, Samarkand 13-aprelya

Xitoy fikri:

Tadbirda ishtirok etgan Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Ganga ko‘ra, AQSh va boshqa G‘arb davlatlari Afg‘onistonga qarshi bir tomonlama sanksiyalarini bekor qilishi kerak.
Xitoy Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmaydi va uning hukumatidan davlat boshqaruvida inklyuzivlik va qo‘shni davlatlar bilan do‘stona siyosat olib borishiga umid qiladi.
Xitoy dunyo hamjamiyati, jumladan, nufuzli xalqaro tashkilotlar BMT, ShHT va boshqalar Afg‘onistonga terrorchilik, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda yordam berishiga umid qiladi va uning o‘zi ham buning uchun kerak bo‘ladigan barcha ishlarda faol ishtirok etadi.

Eron fikri:

AQSh va G‘arb davlatlari uzoq yillar davomida Afg‘onistonda olib borgan faoliyati natijasida mamlakat qashshoqliq va beqarorlik yoqasiga kelib qoldi. Narkotik moddalar yetishtirish bir necha barobar oshdi. Bundan buyon G‘arbning aralashuvi o‘rniga mahalliy, mintaqaviy darajada hamkorlikni rivojlantirish Afg‘oniston muammolarini samarali hal qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 13-aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqiy ham Samarqandga yetib keldi, lekin u faqat alohida ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, bu Afg‘oniston bo‘yicha qo‘shni davlatlar vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Ushbu formatdagi birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0