Zelenskiy Ukrainani parchalashga qaror qildi, birinchi bo‘lak — Polshaga

© AFP 2023 / WOJTEK RADWANSKIVladimir Zelenskiy i prezident Polshi Andjey Duda pojimayut drug drugu ruki vo vremya seremonii privetstviya pered prezidentskim dvorsom v Varshave, Polsha, 5-aprelya 2023 goda.
Vladimir Zelenskiy i prezident Polshi Andjey Duda pojimayut drug drugu ruki vo vremya seremonii privetstviya pered prezidentskim dvorsom v Varshave, Polsha, 5-aprelya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
Britaniya OAVlari yozishiga ko‘ra, Rossiya-Ukraina mojarosida asosiy g‘olib - Polsha bo‘ladi. Batafsil maqolamizda o‘qing.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Zelenskiyning Duda bilan uchrashuvi, ularni quchoqlashi, ko‘z yoshlari va Polsha bosh vazirining Ukraina rahbariga “Oq burgut” ordenini (Polshaning eng oliy mukofoti) taqdim etishi nafaqat internet-memlar to‘lqiniga, balki bularning barchasi bekorga emas degan shubhalarga ham sabab bo‘ldi. Bu iltifotlarga Zelenskiy nima bilan javob beradi?
Darhaqiqat, uchrashuvdan bir hafta ham o‘tmasdan Polsha matbuoti Zelenskiy G‘arbiy Ukrainani Polshaga topshirmoqchi ekanligini ochiq yoza boshladi.

Xo‘sh, buning nimasi ajablanarli? Sobiq Ukraina SSR rahbariga yaltiroq sovg‘a berishdi, u esa Ukrainaning 100 ming kvadrat kilometr yeri va u yerda yashayotgan millionlab aholisini polshalik panga sovg‘a qilishga qaror qildi. O‘rta asrlar uchun — odatiy hol.

Ukraina rahbarlari anglo-sakson xo‘jayinlari xohish-istaklariga ko‘ra, dastlab o‘z tarix va e’tiqodidan voz kechishdi, keyin ular o‘z mamlakati sharqini jismonan yo‘q qilishga harakat qilishdi, lekin oxir-oqibat o‘zlari rus armiyasiga qarshi jangda halok bo‘ldi. Endi bo‘lsa, navbat hududlarni taqsimlashga keldi.

Polsha bunaqa aqlli yagona mamlakat emas. Ruminiya va Vengriya ham allaqachon Ukrainaning bir bo‘lagini olish uchun navbatda turishibdi. Bunday vaziyatda, parchalanib borayotgan Ukrainadan millionlab odamlar Rossiyaga - albatta o‘z yerlari bilan birga, qochib ketishdan xursand ekani — ajablanarli emas.

Zelenskiyning Polsha va Ukraina o‘rtasidagi "chegaralarni olib tashlash" g‘oyasini qanday izohlayotgani ham kulguli ham achinarli. To‘satdan ma’lum bo‘lishicha, amerikaliklar yetkazib bergan qurollar uchun pul to‘lash kerak ekan, ammo to‘laydigan hech narsa yo‘q — Ukraina iqtisodiyoti deyarli yo‘q bo‘lgan. Zelenskiy Polsha biznesidan pul to‘lashda yordam berishni so‘radi va buning evaziga ularga Ukrainaga kelishni o‘zlariga yoqqan hamma narsani olishni taklif qildi.

Yangi Hamdo‘stlikni yaratish g‘oyasi Londonda chin dildan qo‘llab-quvvatlanadi. Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan so‘ng, Britaniyaning Eski dunyoga ta’siri kamaydi. Axir Polsha nazorati ostidagi Inetermarium* davlatlar konfederatsiyasi - Angliyaning qadimiy orzusi. Lekin uni amalga oshirish uchun avval Belarusda maydan uyushtirib hukumatni egallab olish kerak.

O‘shanda Angliya qo‘l ostida, yuz millionlab aholiga ega bo‘lgan, butun boshli Sharqiy Yevropa anklavi paydo bo‘ladi. B hududlarda hayot kambag‘al, qisqa va xavfli bo‘ladi. Bu kambag‘allik millionlab ingliz qirolining birinchi buyrug‘i bilan jangga tayyor yollanmalar paydo bo‘ladi.
Shu sababli ham bugun Britaniya OAVlari polyaklarni maqtashga tushgan. Ular yozishiga ko‘ra, Rossiya-Ukraina mojarosida asosiy g‘olib - Polsha bo‘ladi.
Vashington ham Ukrainaning parchalanishiga qarshi emas. Millionlab ukrainaliklarni assimilyatsiya qilish qiyin va og‘riqli jarayon bo‘lib, o‘nlab yillar davom etadi. G‘arbparast va banderachilarni ularning qurbonlari avlodlariga uylantirib qo‘yish yomon fikr emas. Kelajakda Polsha va Ukrainadagi jinoyatchilik va beqarorlik o‘chog‘i butun Yevropa uchun uzoq yillar davomida bosh og‘rig‘iga aylanadi va Ko‘hna dunyoning AQSh bilan raqobatlashishga kuchi qolmaydi.
*Inetermarium (Mejdumorye) yoki dengizlar orasidagi davlatlar konfederatsiyasi — Birinchi jahon urushidan keyin polshalik harbiy siyosatchi Pilsudskiy tomonidan taklif qilingan davlatlar konfederatsiyasi. Uning tarkibiga Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo‘lgan davlatlar (Polsha, Ukraina, Belarus, Litva, Latviya, Estoniya, Moldova, Vengriya, Ruminiya, Chexiya va Finlyandiya) kirishi kerak bo‘lgan. Bunday davlatlar ittifoqi tuzishdan asosiy maqsad — markaziy Yevropada Germaniya yoki Rossiya ta’siri kuchayishiga qarshi turish bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0