Xitoyda kurashchilar O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun bellashadi

© Mejdunarodnaya Assotsiatsiya KurashChempionat mira po Kurashu sredi vzroslix
Chempionat mira po Kurashu sredi vzroslix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
25-30 aprel kunlari Xanchjou shahrida kurash bo‘yicha qit’a chempionati o‘tkaziladi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida kurash bo‘yicha qit’a chempionati doirasida 30-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun “Kurash: World Series Pro” turniri o‘tkaziladi. Bu haqda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi (IKA) xabar berdi.
25-30 aprel kunlari Xanchjou shahrida 24 Osiyo davlatlaridan 400 nafar sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XII Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Chempionat doirasida 27-aprel kuni Osiyo va Okeaniya kurash federatsiyasining xalqaro kongressi va yig‘ilishi o‘tkaziladi. Dasturdan konfederatsiyaga yangi a’zolarni qabul qilish, mintaqaviy va milliy federatsiyalar faoliyatini takomillashtirish, xalqaro musobaqalar soni va sifatini oshirish kabi muhim masalalar o‘rin olgan.
Chempionatning asosiy bellashuvlari 28-apreldan boshlanadi.
Musobaqalarning birinchi kunida erkaklar 4 vazn toifasida, ayollar esa 3 vazn toifasida qatnashadilar.
Ushbu turnirda o‘z vazn toifalarida g‘olib chiqqan sportchilar 1500, 750 va 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Yangiliklar lentasi
0