Toshkentda “Tasviriy va amaliy san’at festivali” bo‘lib o‘tadi

© SputnikFestival remesel. Arxivnoe foto
Festival remesel. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
Uning doirasidan xalqaro taqdimotlar, tasviriy va amaliy san’atning nozik namunalari, professional ijodkorlardan mahorat darslari o‘rin olgan.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. 17-21 aprel kunlari Toshkentda “Tasviriy va amaliy san’at festivali” bo‘lib o‘tadi. Unda yosh va mahoratli rassomlarning hamda amaliy san’at ustalarining ijodiy ishlari namoyish etiladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Festival dasturida 18-aprel kuni TURKSOY xalqaro tashkilotining 30-yilligiga bag‘ishlab, “Turk dunyosi rassomlarining uchrashuvi” nomli xalqaro ko‘rgazma o‘rin olgan. Unda 50 dan ortiq mahoratli turk rassomlarining 200 ga yaqin ijodiy asarlari namoyish etiladi.
Tashkilotga a’zo mamlakatlar ishtirokida tasviriy va amaliy san’at sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davra suhbati tashkil etiladi.
Rossiyalik Vitaliy Rudzit, polshalik Yelena Labeskaya, turkmanistonlik Gaxriman Gochmuradov, Toyli Chopanov, o‘zbekistonlik Yevgeniy Panov, Alisher Hamdamov kabi mahoratli rassomlardan mahorat darslari o‘tkaziladi.

“Festivalda nafaqat tajribali rassomlar, balki havaskor, ijodini endi boshlagan yoshlarni ham ijodiy ishlari taqdim etiladi. Bu kabi xalqaro tadbirlarni o‘tkazilishi tasviriy va amaliy san’at ijodkorlarining balog‘at davridagi hissiyotlarini, tuyg‘ularini ijodiy asarlarida yorita olish qobiliyati va yondashuvlarini aniqlashdan iborat. Qolaversa, mazkur tashabbus “ustoz-shogird” an’anasi ham davom etayotganligiga dalolatdir”, - dedi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, san’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) Nigora Kultasheva.

Festival dasturida tarixiy liboslarning moda namoyishlari, arxitektura, dizayn, kino, tempera, miniatura, kalligrafiya yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy namunalar taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0