Toshkentda jaz yulduzlari konsert beradi — dastur va manzil

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDjazoviy festival Koktebel Jazz Party
Djazoviy festival Koktebel Jazz Party - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
Festival doirasida 22 ta konsert bo‘lib o‘tadi va ularning bir nechtasidan bepul bahramand bo‘lish mumkin.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkentda 25-aprel kunidan VII Xalqaro jaz festivali o‘z ishini boshlaydi. Unda dunyoga mashhur jaz yulduzlari konsert beradi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Festival doirasida 22 ta konsert bo‘lib o‘tadi va ularning bir nechtasidan bepul bahramand bo‘lish mumkin.
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida jaz yulduzlari hisoblanmish Gregori Porter, Take 6, El Di Miola, Igor Butman va uning Moskva jaz orkestri chiqish qiladi.
Xalqaro amjumanlar saroyi binosi yon bag‘ridagi ochiq maydonda De-Phazz, Gi Manukyan, Toni Momrella, Adam Ben Ezra kabi taniqli ijrochilarning bepul konsertlari tashkil etiladi.
Festival 14-mayga qadar davom etadi.
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva UzbekistanaRaspisanie konsertov VII Mejdunarodnogo festivalya djaza
Raspisanie konsertov VII Mejdunarodnogo festivalya djaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Raspisanie konsertov VII Mejdunarodnogo festivalya djaza
Yangiliklar lentasi
0