Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Referendum kuni ayrim uchastkalarda biometrik identifikatsiya qurilmalaridan foydalaniladi

© AFPVibori v Uzbekistane
Vibori v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda ham saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimidan foydalaniladi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Ayrim referendum uchastkalarida sinov tariqasida ovoz beruvchi fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining majlisida ma’lum qilindi.
30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda ham saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimidan foydalaniladi. Referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxati Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SAER) asosida shakillantiriladi.
Ovoz berishga kelgan fuqarolar tizim orqali idenfikatsiya qilinadi. Bunda ovoz beruvchi fuqaro uchastkaga kelgach, biometrik idenfikatsiyadan o‘tadi.
MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, bu borada ko‘plab xorijiy davlatlarning tajribalari o‘rganildi. Dunyoda qandaydir yondashuv yoki retsept yo‘q. Har bir davlat o‘z yo‘nalishini tanlagan.
Bu yerda asosiy bitta talab bor. Bunda ovoz berish prinsiplari buzilmasligi kerak.

“Uchastkaga kelgan fuqaro o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ma’sul xodimga taqdim etadi. U maxsus qurilma orqali skanerdan o‘tkaziladi. Ro‘yxatda fuqaro aniqlanadi. Shu vaqtning o‘zida fuqaro Face ID orqali idensifikatsiya ham qilinadi”, - deydi Qo‘chqorov.

Tizim tegishli kvitansiya chiqarib beradi. U orqali fuqaro bulleten oladi va shundagina u ovoz berishga haqli bo‘ladi.
Bunday qurilmalardan referendum o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrugi hududidagi ayrim uchastkalarida foydalaniladi.
Qayd etilishicha qurilmalar Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0