Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Referendumda muddatidan oldin ovoz berish vaqti ma’lum bo‘ldi

© AFP / ANVAR ILYASOVVibori v Uzbekistane
Vibori v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
19 aprel kuni referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlanadi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Referendumda muddatidan oldin ovoz berish ish kunlari soat 9:00, dam olish kunlari esa soat 12:00 dan boshlanadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining majlisida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 19-aprel kuni referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlanadi. Jarayon 26-aprel kuni yakunlanadi.
“Referendum uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan soat 16:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi”, deydi MSK kotibi Xudoyor Mamatov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga oid referendum 30-aprel – yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0