Qashqadaryoda oqqonga chalingan bolalarni xalqaro standartlar asosida tashxislash yo‘lga qo‘yildi

© FOTO Pexels / Chokniti KhongchumMeditsinskie issledovaniya
Meditsinskie issledovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘tkir leykoz (oqqon) bilan xastalangan bemorlarni xalqaro standartlar bo‘yicha 24 soat ichida aniq tashxislash amaliyoti joriy etildi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Qashqadaryoda ilk bor oqqonga chalingan bolalarni xalqaro standartlar asosida tashxislash yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘tkir leykoz (oqqon) bilan xastalangan bemorlarni xalqaro standartlar bo‘yicha 24 soat ichida aniq tashxislash amaliyotga tatbiq etildi.
Shu paytga qadar bemorlarning oqqon miyeologrammasi tahlil uchun viloyatdan poytaxtga jo‘natilgan.

“Hozirda yaratilgan yangi imkoniyatlar tufayli Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan keltirilgan namunalar ham Qarshidagi laboratoriyada tahlil qilinmoqda”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, bu yerda aniqlash qiyin bo‘lgan tug‘ma-irsiy (orfan) kasalliklar bo‘yicha ham sitomorfologik tekshiruv orqali tashxis qo‘yish imkoniyati ham mavjud.
Yangiliklar lentasi
0