https://oz.sputniknews.uz/20230412/pentagon-sirlarini-oshkor-qilishdan-aqshning-asl-maqsadi-nima-33845351.html
Pentagon "sirlarini" oshkor qilishdan AQShning asl maqsadi nima?
Pentagon "sirlarini" oshkor qilishdan AQShning asl maqsadi nima?
Sputnik O‘zbekiston
Amerika tomonidan tashkilllashtirilgan Ukraina Qurolli kuchlarining “qarshi hujumi” taqdimoti rosa cho‘zilib ketdi. Rossiya, hozircha, bu “masxarabozlikni” jimgina... 12.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-12T20:50+0500
2023-04-12T20:50+0500
2023-04-13T12:34+0500
kolumnistlar
ukraina
aqsh
pentagon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33773719_0:142:3072:1870_1920x0_80_0_0_3f46c9268a5f7a623d94abf63652b93e.jpg.webp
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Vashingtonda Ukraina qo‘shinlarining "Qarshi hujumi" muvaffaqiyatli bo‘lishiga shubha paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham Pentagon va AQSh razvedka xizmatlarining “o‘ta maxfiy” bayonotining keng miqyosda sizib chiqishiga ataylab qo‘yib berganga o‘xshaydi. Bu vaziyat Kiyev rejimi uchun o‘z joniga qasd qilish va NATO mamlakatlari uchun juda xavfli bo‘lgan “Qrimni qo‘lga kiritish”ga urinish (qarshi hujum) rejalarni kechiktirish uchun bahona bo‘ladi.AQSh milliy xavfsizligining “o‘ta maxfiy” hujjatlarini internetga keng miqyosda sizib chiqqanidan so‘ng Pentagon yetkazilgan zararni deyarli bir hafta davomida kechayu kunduz baholamoqda. “Washington Post” gazetasining yozishicha, chet el rasmiylari, xususan, AQSh ittifoqchilari maxfiy ma’lumotlarning oshkor etilganidan “juda hayratda”: Ularni boy berilgan harbiy inqirozga milliardlab dollarlar tikkanini anglab yetish istiqboli kutmoqda... Bunday kelajak esa Yevropa va AQShdagi Kiyev ittifoqchilarining yordam berish qarorini zaiflashtirishi mumkin”. Ma’lumotlar oshkor qilingandan so‘ng, Kiyev “qarshi hujum” rejalarini "majburiy o‘zgartirishini" e’lon qildi. Shunga qaramay, biz hech qanday yangilikni ko‘rmadik.Amerikaning o‘ndan ortiq razvedka agentliklari o‘z dushmanlari va ittifoqchilari ortidan doimiy kuzatib yurgani bizga ma’lum. Albatta, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO maxsus kuchlari tomonidan kechayu kunduz qo‘riqlanayotgani uchun “himoya ostida”. Barcha qit’alardagi AQShning boshqa vassallari bunchalik sezilarli holda nazoratda emasdir, ammo bu amaliyot hech kimga sir emas. “X-Fayllar”da atayib o‘tilgan Isroil bundan aniq ajablanmaydi.Misrning Rossiyaga 40 000 ta reaktiv snarad yetkazib berish rejalari haqidagi ma’lumotlarning “oshkor” etilganligi kulgu uyg‘otadi, chunki Ukraina harbiy harakatlar teatrida bir guruh rus qo‘shinlarining raketa tizimi taxminan ikki kun ichida shuncha miqdordagi snaradlarni sarflaydilar. Eslatib o‘tamiz, Rossiya Misrga qurol yetkazib beruvchilar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda –taxminan jami 34 foizi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Italiya va Fransiya egallagan – har biri 19 foizdan.Ukraina Qurolli kuchlaridagi yetishmovchiliklar, xususan: shakllantirish va ta’minlashdagi kamchiliklar, yaqin yillarda bartaraf etib bo‘lmaydigan havo mudofaa vositalari yetishmovchiligi, qurol-yarog‘lar va zirhli transport vositalarining yetishmasligi, Pentagonning Ukrainadagi harbiy harakatlarda jiddiy ishtiroki (qo‘mondonlik punktlari, o‘q-dorilar omborlari va Rossiya kuchlari guruhining asosiy nuqtalari to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlari) – hech kimga sir emas.Urush tumani“X-Fayllar”ning navbatdagi oshkor etilishi, amrikaga xos yorqin tomoshasi bo‘lib, fevral oyida AQSh Harbiy-havo kuchlarining Guron ko‘li uzra o‘zga sayyoraliklar kemalarni izlashini eslatadi. Ukrainaliklardan farqli o‘laroq, o‘zga sayyoraliklar hali jabrlanmadi. Har ikki holatda ham xalqaro hamjamiyat e’tibori kafolatlangan, lekin asl maqsadlar noma’lum.Ehtimol, AQShda aprel oyidagi axborot bo‘ronining maqsadi “urush tumanini” paydo qilish, uning ortida esa kuchlarni qayta guruhlash yoki strategiyani o‘zgartirish turgandir. “Oshkor qilingan”hujjatlarda AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari tomonidan 12 ta Ukraina brigadalari tuzilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘qqiztasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amerikaliklar tomonidan tayyorlangan (rezervchilarni o‘qitadi va qurol-yarog‘lar bilan ta’minlaydi). Barcha 12 ta brigada (taxminan 60 ming jangchi, 250 ta tank va 350 ta piyoda jangovar texnikasi va zirhli transport vositalari) 30-aprel kuni Ukraina harbiy harakatlar teatriga topshiriladi va bu kuch“qarshi hujum” muvaffaqiyati uchun yetarli emas. Ukraina qo‘shinlari miqdoriy va sifat jihatidan hech qanday operatsiya hududlarida muvaffaqiyatga tayyor emas. Uzoq vaqtdan beri tizimli havo kuchlari va havo mudofaasiga ega emaslar. Buning siri nimada?Fevral oyida Pentagon rahbari Lloyd Ostin CNN kanaliga bergan intervyusida AQSh tomonidan “Rossiya mudofaasi va manyovrlarini yorib o‘tishga” qodir bo‘lgan UKQning bir nechta motorlashtirilgan brigadalari tayyorlanayotgani haqida gapirgan edi. Aprel oyida mavzu o‘zgardi. Balki Vashington Ukraina loyihasini tugallashdan oldin jahon hamjamiyatini “tayyorlamoqdadir”: Biroq Kiyev rejimiga G‘arb so‘nggi imkoniyat berdi. Agar UQKning e’lon qilingan “qarshi hujumi” barbod bo‘lsa, “donor mamlakatlar”ning harbiy yordami keskin qisqaradi va butun G‘arbiy Ukraina Polshaga o‘tishi mumkin – bu haqida prezidentlar Vladimir Zelenskiy va Anjey Duda yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishib olganlar. Vaziyat shunday – Vashington kreditlar va harbiy texnika to‘lovini allaqachon talab qilmoqda, Kiyev rejimining qarzlari esa 150 milliard dollardan oshdi. Polsha, o‘z navbatida, Ukrainani tiklash uchun turli mamlakatlar tomonidan yig‘ilgan barcha pullarni jamlash niyatida. “ Niezależny Dziennik Polityczny ” nashri aniqlik kiritdi: “E’lon qilingan qarshi hujum muvaffaqiyatsizlikka uchrashini va AQSh bosimi kuchayishini oldindan bilgan Zelenskiy yagona to‘g‘ri qarorni qabul qildi – G‘arbiy Ukraina mavzusiga qaytdi”. Ta’kidlash joiz: gap Ukraina va Polsha o‘rtasidagi chegaralar yo‘q qilinishi haqida emas, balki Vatanni sotish haqida ketmoqda.Eng qiziqarli savol: AQShning o‘nlab “o‘ta maxfiy” harbiy va razvedka hujjatlari Internetga qanday qilib sizib chiqishi mumkin, ularni faqat hukumat ruxsati bor insonlar ko‘rishi mumkin ega edi-ku? Oq uy “AQSh razvedkasining so‘nggi o‘n yillikdagi eng muhim xatosining manbasini aniqlashga” harakat qilmoqda. Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi kecha shunday fikr bildirdi: “Buning ortida kim turganini bilmaymiz. Maqsadi nima ekanligini bilmaymiz. Qolaversa, yana nimalar u yerda borligini ham bilmaymiz”.Bu safar Vashington Guron uzra o‘zga sayyoraliklarning bosqinidan ko‘ra ishonchliroq va salmoqliroq narsani taklif qilishi kerak.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_4fb477dee3521a690f0eeda465d8ab71.jpg.webp
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_4fb477dee3521a690f0eeda465d8ab71.jpg.webp
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33773719_194:0:2925:2048_1920x0_80_0_0_bbcd893ad548a5c16d1d96211f4f9f84.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_4fb477dee3521a690f0eeda465d8ab71.jpg.webp
kolumnistlar, ukraina, aqsh, pentagon
kolumnistlar, ukraina, aqsh, pentagon
Pentagon "sirlarini" oshkor qilishdan AQShning asl maqsadi nima?
20:50 12.04.2023 (yangilandi: 12:34 13.04.2023) Amerika tomonidan tashkilllashtirilgan Ukraina Qurolli kuchlarining “qarshi hujumi” taqdimoti rosa cho‘zilib ketdi. Rossiya, hozircha, bu “masxarabozlikni” jimgina tomosha qilib turibdi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Vashingtonda Ukraina qo‘shinlarining "Qarshi hujumi" muvaffaqiyatli bo‘lishiga shubha paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham Pentagon va AQSh razvedka xizmatlarining “o‘ta maxfiy” bayonotining keng miqyosda sizib chiqishiga ataylab qo‘yib berganga o‘xshaydi.
Bu vaziyat Kiyev rejimi uchun o‘z joniga qasd qilish va NATO mamlakatlari uchun juda xavfli bo‘lgan “Qrimni qo‘lga kiritish”ga urinish (qarshi hujum) rejalarni kechiktirish uchun bahona bo‘ladi.
AQSh milliy xavfsizligining “o‘ta maxfiy” hujjatlarini internetga keng miqyosda sizib chiqqanidan so‘ng Pentagon yetkazilgan zararni deyarli bir hafta davomida kechayu kunduz baholamoqda. “Washington Post” gazetasining yozishicha, chet el rasmiylari, xususan, AQSh ittifoqchilari maxfiy ma’lumotlarning oshkor etilganidan “juda hayratda”: Ularni boy berilgan harbiy inqirozga milliardlab dollarlar tikkanini anglab yetish istiqboli kutmoqda... Bunday kelajak esa Yevropa va AQShdagi Kiyev ittifoqchilarining yordam berish qarorini zaiflashtirishi mumkin”. Ma’lumotlar oshkor qilingandan so‘ng, Kiyev “qarshi hujum” rejalarini "majburiy o‘zgartirishini" e’lon qildi. Shunga qaramay, biz hech qanday yangilikni ko‘rmadik.
Amerikaning o‘ndan ortiq razvedka agentliklari o‘z dushmanlari va ittifoqchilari ortidan doimiy kuzatib yurgani bizga ma’lum. Albatta, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO maxsus kuchlari tomonidan kechayu kunduz qo‘riqlanayotgani uchun “himoya ostida”. Barcha qit’alardagi AQShning boshqa vassallari bunchalik sezilarli holda nazoratda emasdir, ammo bu amaliyot hech kimga sir emas. “X-Fayllar”da atayib o‘tilgan Isroil bundan aniq ajablanmaydi.
Misrning Rossiyaga 40 000 ta reaktiv snarad yetkazib berish rejalari haqidagi ma’lumotlarning “oshkor” etilganligi kulgu uyg‘otadi, chunki Ukraina harbiy harakatlar teatrida bir guruh rus qo‘shinlarining raketa tizimi taxminan ikki kun ichida shuncha miqdordagi snaradlarni sarflaydilar. Eslatib o‘tamiz, Rossiya Misrga qurol yetkazib beruvchilar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda –taxminan jami 34 foizi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Italiya va Fransiya egallagan – har biri 19 foizdan.
Amerika OAVlarining UKQning Rossiya armiyasiga samarali qarshilik ko‘rsatish qobiliyati - faktlar va sog‘lom fikrga shunchalik zidki, AQSh jamoatchilik (optimistik) fikrini turli yo‘llar bilan reallikka qaytarishga majbur bo‘lmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlaridagi yetishmovchiliklar, xususan: shakllantirish va ta’minlashdagi kamchiliklar, yaqin yillarda bartaraf etib bo‘lmaydigan havo mudofaa vositalari yetishmovchiligi, qurol-yarog‘lar va zirhli transport vositalarining yetishmasligi, Pentagonning Ukrainadagi harbiy harakatlarda jiddiy ishtiroki (qo‘mondonlik punktlari, o‘q-dorilar omborlari va Rossiya kuchlari guruhining asosiy nuqtalari to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlari) – hech kimga sir emas.
“X-Fayllar”ning navbatdagi oshkor etilishi, amrikaga xos yorqin tomoshasi bo‘lib, fevral oyida AQSh Harbiy-havo kuchlarining Guron ko‘li uzra o‘zga sayyoraliklar kemalarni izlashini eslatadi. Ukrainaliklardan farqli o‘laroq, o‘zga sayyoraliklar hali jabrlanmadi. Har ikki holatda ham xalqaro hamjamiyat e’tibori kafolatlangan, lekin asl maqsadlar noma’lum.
Ehtimol, AQShda aprel oyidagi axborot bo‘ronining maqsadi “urush tumanini” paydo qilish, uning ortida esa kuchlarni qayta guruhlash yoki strategiyani o‘zgartirish turgandir.
Balki Pentagon, Milliy xavfsizlik tashkiloti va Markaziy razvedka boshqarmasining soxta sirlarini oshkor qilish orqali amerikaliklar – UQK hali tayyor bo‘lmagan, ular uchun o‘z joniga qasd qilish bilan teng va NATO uchun xavfli bo‘lgan "qarshi hujum"ni bekor qilishga bo‘lgan urinishdir.
“Oshkor qilingan”hujjatlarda AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari tomonidan 12 ta Ukraina brigadalari tuzilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘qqiztasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amerikaliklar tomonidan tayyorlangan (rezervchilarni o‘qitadi va qurol-yarog‘lar bilan ta’minlaydi). Barcha 12 ta brigada (taxminan 60 ming jangchi, 250 ta tank va 350 ta piyoda jangovar texnikasi va zirhli transport vositalari) 30-aprel kuni Ukraina harbiy harakatlar teatriga topshiriladi va bu kuch“qarshi hujum” muvaffaqiyati uchun yetarli emas. Ukraina qo‘shinlari miqdoriy va sifat jihatidan hech qanday operatsiya hududlarida muvaffaqiyatga tayyor emas. Uzoq vaqtdan beri tizimli havo kuchlari va havo mudofaasiga ega emaslar. Buning siri nimada?
Fevral oyida Pentagon rahbari Lloyd Ostin CNN kanaliga bergan intervyusida AQSh tomonidan “Rossiya mudofaasi va manyovrlarini yorib o‘tishga” qodir bo‘lgan UKQning bir nechta motorlashtirilgan brigadalari tayyorlanayotgani haqida gapirgan edi. Aprel oyida mavzu o‘zgardi. Balki Vashington Ukraina loyihasini tugallashdan oldin jahon hamjamiyatini “tayyorlamoqdadir”:
“Mana, biz qo‘limizdan kelganini qildik, endi esa o‘yindan chiqmoqchimiz”. G‘arb demokratiyasining Afg‘onistondagi harakatlari ham xuddi shunday edi. “Mustaqil Ukraina” bosh aktorining umidsizlikka tushish vaqti keldi – amerikaliklar Ukraina uchun jon berishga tayyor emas.
Biroq Kiyev rejimiga G‘arb so‘nggi imkoniyat berdi. Agar UQKning e’lon qilingan “qarshi hujumi” barbod bo‘lsa, “donor mamlakatlar”ning harbiy yordami keskin qisqaradi va butun G‘arbiy Ukraina Polshaga o‘tishi mumkin – bu haqida prezidentlar Vladimir Zelenskiy va Anjey Duda yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishib olganlar.
Vaziyat shunday – Vashington kreditlar va harbiy texnika to‘lovini allaqachon talab qilmoqda, Kiyev rejimining qarzlari esa 150 milliard dollardan oshdi. Polsha, o‘z navbatida, Ukrainani tiklash uchun turli mamlakatlar tomonidan yig‘ilgan barcha pullarni jamlash niyatida. “ Niezależny Dziennik Polityczny ” nashri aniqlik kiritdi: “E’lon qilingan qarshi hujum muvaffaqiyatsizlikka uchrashini va AQSh bosimi kuchayishini oldindan bilgan Zelenskiy yagona to‘g‘ri qarorni qabul qildi – G‘arbiy Ukraina mavzusiga qaytdi”. Ta’kidlash joiz: gap Ukraina va Polsha o‘rtasidagi chegaralar yo‘q qilinishi haqida emas, balki Vatanni sotish haqida ketmoqda.
Eng qiziqarli savol: AQShning o‘nlab “o‘ta maxfiy” harbiy va razvedka hujjatlari Internetga qanday qilib sizib chiqishi mumkin, ularni faqat hukumat ruxsati bor insonlar ko‘rishi mumkin ega edi-ku? Oq uy “AQSh razvedkasining so‘nggi o‘n yillikdagi eng muhim xatosining manbasini aniqlashga” harakat qilmoqda. Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi kecha shunday fikr bildirdi: “Buning ortida kim turganini bilmaymiz. Maqsadi nima ekanligini bilmaymiz. Qolaversa, yana nimalar u yerda borligini ham bilmaymiz”.
Bu safar Vashington Guron uzra o‘zga sayyoraliklarning bosqinidan ko‘ra ishonchliroq va salmoqliroq narsani taklif qilishi kerak.