Parijda ikki ovozsiz mumtoz o‘zbek filmi namoyish etildi — foto

Kinopokaz  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik kino ijodkorlarning “Moxov” va “Burilish: uning huquqi” nomli ikki imo-ishorali filmlari jonli musiqa hamrohligida namoyish etildi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Parijdagi Arab dunyosi institutida ikki ovozsiz mumtoz o‘zbek filmi namoyish etildi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
O‘zbekistonlik kino ijodkorlarning “Moxov” (1928) va “Burilish: uning huquqi” (1931) nomli ikki imo-ishorali filmlari jonli musiqa hamrohligida namoyish etildi.
Kinopokaz  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Dasturning musiqiy rahbari Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti Abror Zufarov bo‘ldi.
Kinopokaz  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Tadbirda Respublika kinofondi direktori Eljon Abbosov va kinoshunos, Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti “Kino va televidenie” bo‘limi mudiri, san’atshunoslik fanlari doktori Nigora Karimova ishtirok etib, mazkur filmlarning betakrorligi va ahamiyati hamda tasvirga olish jarayoni qanday kechganligi haqida so‘zlab berishdi.
Kinopokaz  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Kino taqdimot jamg‘arma tomonidan tashkil etilgan “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari” ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy dastur doirasida o‘tkazildi.
Kinopokaz  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Yangiliklar lentasi
0