https://oz.sputniknews.uz/20230412/mirziyoev-xitoy-tashqi-ishlar-vazirini-qabul-qildi-33847792.html
Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Sin Ganni qabul qildi.
2023-04-12T19:37+0500
2023-04-12T19:37+0500
2023-04-12T19:37+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0c/33846049_0:73:1280:794_1920x0_80_0_0_e6210376f77dd152988390f64baf29cf.jpg
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Sin Ganni qabul qildi.Gan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.Uchrashuv davomida siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.O‘zbekiston yetakchisi Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifi va “Markaziy Osiyo - XXR” sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini ta’kidladi.Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.Bugungi kunda texnik hujjatlari tayyorlanayotgan “O‘zbekiston – Qirg‘iziston - Xitoy” temir yo‘lini qurish loyihasini tez fursatda amalga oshirish ahamiyati qayd etildi.Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish va ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga amaliy ko‘maklashish borasidagi yaqindan muvofiqlashuvni davom ettirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0c/33846049_48:0:1185:853_1920x0_80_0_0_21e10e256060495d459dfabaa3d1f7d5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev xitoy tashqi ishlar vaziri sin gan
mirziyoyev xitoy tashqi ishlar vaziri sin gan
Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Uchrashuvda Mirziyoyev Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Sin Ganni qabul qildi.
Gan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda
bo‘lib turibdi.Davlat rahbari matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston yetakchisi
Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifi va “Markaziy Osiyo - XXR” sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini ta’kidladi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Bugungi kunda texnik hujjatlari tayyorlanayotgan “O‘zbekiston – Qirg‘iziston - Xitoy” temir yo‘lini qurish loyihasini tez fursatda amalga oshirish ahamiyati qayd etildi.
Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish va ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga amaliy ko‘maklashish borasidagi yaqindan muvofiqlashuvni davom ettirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.