https://oz.sputniknews.uz/20230411/zelenskiy-polsha-33773273.html
Zelenskiy Polshaga yordam evaziga Ukrainaning g‘arbiy qismini va’da qildi - OAV
Zelenskiy Polshaga yordam evaziga Ukrainaning g‘arbiy qismini va’da qildi - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Polsha prezidenti Anjey Duda Ukrainaga tashrifi chog‘ida Zelenskiyga “misli ko‘rilmagan” taklif bilan chiqqan – Volin, Roven va Lvov viloyati evaziga yordam va qo‘llab-quvvatlash, deya yozadi Galas
2023-04-11T13:47+0500
2023-04-11T13:47+0500
2023-04-11T13:52+0500
dunyoda
ukraina
polsha
vladimir zelenskiy
anjey duda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33772985_0:0:2292:1290_1920x0_80_0_0_621e41ca188fc75a05b9afff9ab021c7.jpg
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qarshi hujumni amalga oshirishdagi yordam evaziga Polshaga Ukrainaning g‘arbiy hududlarini va’da qildi. Bu haqda “Niezależny Dziennik Polityczny ” portali muallifi Marek Galas yozmoqda.Polsha prezidenti Anjey Duda Ukrainaga tashrifi chog‘ida Zelenskiyga “misli ko‘rilmagan” taklif bilan chiqqan – Volin, Roven va Lvov viloyati evaziga yordam va qo‘llab-quvvatlash, deya yozadi GalasMuallif ma’lumotiga ko‘ra, o‘shanda Ukraina prezidenti polshalik hamkasbining taklifini rad etmagan, biroq unga rozi ham bo‘lmagan.“E’lon qilingan qarshi hujum muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi, AQSh bosimi esa kuchayib borayotganini oldindan bilib, Zelenskiy yagona to‘g‘ri qarorni qabul qildi – o‘zining Anjey Duda bilan birinchi uchrashuvi mavzusiga qaytish, Ukrainaning g‘arbiy qismini Polshaga qaytarish hamda Polsha biznesiga Ukrainaning tashqi davlat qarzini uzish evaziga Ukrainaning yirik kompaniyalarini sotib olishni yana taklif qilish”, - deya yozadi muallif.Maqola muallifining fikricha, “Zelenskiy hozir uni nafaqat o‘z xalqi, balki unga daromadli loyiha sifatida pul kiritganlarning bari ham yomon ko‘rishini tushunadi”. Galas Ukraina prezidentining oldida “AQSh va YeI bilan pul masalasini tartibga solish uchun har qanday yo‘l bilan mablag‘ topishi, hatto hududiy yon berish qolayotganini” taxmin qilgan.5 aprel kuni Zelenskiy o‘zining Varshavaga tashrifi chog‘ida kelajakda Ukraina va Polsha o‘rtasida “siyosiy, iqtisodiy va tarixiy” chegaralar bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.Mavzuga oid:
ukraina
polsha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33772985_102:0:2138:1527_1920x0_80_0_0_7f5a5cc7450aac7d8bb752bfde589870.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina polsha zelenskiy
Zelenskiy Polshaga yordam evaziga Ukrainaning g‘arbiy qismini va’da qildi - OAV
13:47 11.04.2023 (yangilandi: 13:52 11.04.2023) NDP portali muallifi Ukraina prezidenti hatto hududiy yon berish mumkin bo‘lgan vaziyatga tushib qolgan deb hisoblayapti.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qarshi hujumni amalga oshirishdagi yordam evaziga Polshaga Ukrainaning g‘arbiy hududlarini va’da qildi. Bu haqda “
Niezależny Dziennik Polityczny ” portali muallifi Marek Galas yozmoqda.
Polsha prezidenti Anjey Duda Ukrainaga tashrifi chog‘ida Zelenskiyga “misli ko‘rilmagan” taklif bilan chiqqan – Volin, Roven va Lvov viloyati evaziga yordam va qo‘llab-quvvatlash, deya yozadi Galas
Muallif ma’lumotiga ko‘ra, o‘shanda Ukraina prezidenti polshalik hamkasbining taklifini rad etmagan, biroq unga rozi ham bo‘lmagan.
“E’lon qilingan qarshi hujum muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi, AQSh bosimi esa kuchayib borayotganini oldindan bilib, Zelenskiy yagona to‘g‘ri qarorni qabul qildi – o‘zining Anjey Duda bilan birinchi uchrashuvi mavzusiga qaytish, Ukrainaning g‘arbiy qismini Polshaga qaytarish hamda Polsha biznesiga Ukrainaning tashqi davlat qarzini uzish evaziga Ukrainaning yirik kompaniyalarini sotib olishni yana taklif qilish”, - deya yozadi muallif.
Maqola muallifining fikricha, “Zelenskiy hozir uni nafaqat o‘z xalqi, balki unga daromadli loyiha sifatida pul kiritganlarning bari ham yomon ko‘rishini tushunadi”. Galas Ukraina prezidentining oldida “AQSh va YeI bilan pul masalasini tartibga solish uchun har qanday yo‘l bilan mablag‘ topishi, hatto hududiy yon berish qolayotganini” taxmin qilgan.
5 aprel kuni Zelenskiy o‘zining Varshavaga tashrifi chog‘ida kelajakda Ukraina va Polsha o‘rtasida “siyosiy, iqtisodiy va tarixiy” chegaralar bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.