https://oz.sputniknews.uz/20230411/yoshlar-sayilgohlari-33794561.html
Kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi
Kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bu joylarda kibersport, sport va intellektual o‘yingohlar, karaoke klublari, teatr, moda podiumlari, kovorking kabilar bo‘ladi. 11.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-11T19:00+0500
2023-04-11T19:00+0500
2023-04-11T19:06+0500
jamiyat
yoshlar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556447_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f4b2ca9e0eea723a6187de8d3c1f29d7.jpg
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Viloyat markazlarida butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda tegishli topshiriqni berdi.Qayd etilishicha, bugungi kunda 1,5 million yoshlar bo‘sh vaqtini chet tilini o‘rganishga bag‘ishlamoqda.Lekin shu bilan birga, yaqinda 100 ming nafar yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yoshlar futbol, voleybol, stol tennisi va badminton kabi sport turlari bilan shug‘ullanishga qiziqishi, bo‘sh vaqtini kibersport bilan o‘tkazishini, kitobxonlik, musiqa, raqs, karaoke, teatr va kino bo‘yicha infratuzilmaga ehtiyoj borligini aytgan, oilaviy aylanish uchun xiyobon va sayilgohlar tashkil etilishini so‘ragan.Bu joylarda kibersport, sport va intellektual o‘yingohlar, karaoke klublari, teatr, moda podiumlari, buk-kafe, kovorkinglar va boshqa ko‘ngilochar joylar tashkil etilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.Istirohat bog‘lari, xiyobonlarda ijodiy va kino kechalari, raqslar, diskotekalar, viktorinalar, “Quvnoqlar va zukkolar” va boshqa bilimga chorlaydigan va ko‘ngilochar, tomoshabinlar talabiga mos tadbirlarni yo‘lga qo‘yish topshirildi.Bundan tashqari, Toshkent shahrida Anhor va Bo‘zsuv, Nukusdagi Do‘stlik, Urganchdagi Shovot, Farg‘onadagi Marg‘ilonsoy kanallari bo‘yida yoshlar ijod ko‘chalari tashkil etiladigan bo‘ldi. Bu yerda rassomlar, haykaltaroshlar, adiblar, sozandalar va ularning muxlislari uchun sharoit yaratiladi.Har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘z klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar o‘tkazib boradi.Qo‘shimcha 300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganish xarajatlariga 100 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.Mamlakatdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga o‘tkazilib, har yili 100 ming nafar yoshlar qamrab oladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556447_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_cf6a4a946d47035e1b873bd61d2d82b7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yoshlar, o‘zbekiston
jamiyat, yoshlar, o‘zbekiston
Kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi
19:00 11.04.2023 (yangilandi: 19:06 11.04.2023) Bu joylarda kibersport, sport va intellektual o‘yingohlar, karaoke klublari, teatr, moda podiumlari, kovorking kabilar bo‘ladi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Viloyat markazlarida butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda tegishli topshiriqni
berdi. Qayd etilishicha, bugungi kunda 1,5 million yoshlar bo‘sh vaqtini chet tilini o‘rganishga bag‘ishlamoqda.
Lekin shu bilan birga, yaqinda 100 ming nafar yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yoshlar futbol, voleybol, stol tennisi va badminton kabi sport turlari bilan shug‘ullanishga qiziqishi, bo‘sh vaqtini kibersport bilan o‘tkazishini, kitobxonlik, musiqa, raqs, karaoke, teatr va kino bo‘yicha infratuzilmaga ehtiyoj borligini aytgan, oilaviy aylanish uchun xiyobon va sayilgohlar tashkil etilishini so‘ragan.
“Shu munosabat bilan viloyat markazlarida, keyinchalik tumanlarda butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari”ni tashkil etish topshirildi”, - deyilgan xabarda.
Bu joylarda kibersport, sport va intellektual o‘yingohlar, karaoke klublari, teatr, moda podiumlari, buk-kafe, kovorkinglar va boshqa ko‘ngilochar joylar tashkil etilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Istirohat bog‘lari, xiyobonlarda ijodiy va kino kechalari, raqslar, diskotekalar, viktorinalar, “Quvnoqlar va zukkolar” va boshqa bilimga chorlaydigan va ko‘ngilochar, tomoshabinlar talabiga mos tadbirlarni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida Anhor va Bo‘zsuv, Nukusdagi Do‘stlik, Urganchdagi Shovot, Farg‘onadagi Marg‘ilonsoy kanallari bo‘yida yoshlar ijod ko‘chalari tashkil etiladigan bo‘ldi. Bu yerda rassomlar, haykaltaroshlar, adiblar, sozandalar va ularning muxlislari uchun sharoit yaratiladi.
Har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘z klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar o‘tkazib boradi.
Qo‘shimcha 300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganish xarajatlariga 100 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.
Mamlakatdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga o‘tkazilib, har yili 100 ming nafar yoshlar qamrab oladi.