O‘zbekiston va Qirg‘iziston "Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshootini tiklashga kirishdi

© AO "Uztransgaz"Uzbekistan i Kirgizstan pristupili k vosstanovleniyu sistemi xraneniya prirodnogo gaza v podzemnom gazoxranilishe "Severniy Sox".
Uzbekistan i Kirgizstan pristupili k vosstanovleniyu sistemi xraneniya prirodnogo gaza v podzemnom gazoxranilishe Severniy Sox. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Energetika vazirligi boshchiligidagi ishchi guruh Qirg‘iziston hududidagi gaz quduqlarining holatini ko‘zdan kechirdi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston "Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshootida tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash ishlarini boshladi. Bu haqda “O‘ztransgaz” xabar berdi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi boshchiligidagi ishchi guruh Qirg‘izistonning Qadamjay tumaniga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad "Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshootida tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash loyihasi doirasidagi tadqiqotlarini o‘tkazish uchun mavjud muammolarni o‘rganishdan iborat.
Qirg‘iziston tarafidan tuzilgan ishchi guruhi bilan uchrashuvda yo‘l xaritasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish muhokama qilindi. Tashrif davomida Qirg‘iziston hududidagi gaz quduqlarining holati ko‘zdan kechirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomonidan 15 kishidan iborat ishchi guruh shakllantirildi. “O‘zLITIneftgaz” AJ bilan birgalikda “Shimoliy So‘x” yerosti gaz saqlash inshooti quduqlarida dala tadqiqotlarini o‘tkazish uchun texnik topshiriq ishlab chiqildi.

“O‘zbekiston va Qirg‘izistonning energetika vazirlari tomonidan "Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshootida tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash" loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun “yo‘l xaritasi” imzolangani bu boradagi ishlarni jonlantirib yubordi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qo‘shma amaliy harakatlar rejasi tasdiqlangan.
Uchrashuvda loyiha doirasida amalga oshiriladigan navbatdagi qadamlar belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi ma’lum qilingan edi. "Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshootining hajmi taxminan 2,5-3 milliard kub metr atrofida. Shundan 1,3 milliard kub metr gazdan foydalanish mumkin, qolgani bufer zonada turadi. Bu qish mavsumida vodiyni har kuni 13 million kub metr gaz bilan ta’minlash imkoniyati bo‘ladi degani.
Yangiliklar lentasi
0