Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Obuna bo‘lish
Muloqotda tovar ayirboshlash sur’atlarini ta’minlash va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Muloqotda tovar ayirboshlash sur’atlarini ta’minlash va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishda aprel oyining oxirida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar almashinuv dasturi dorasidagi hamkorlik sermahsul bo‘layotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
Yangiliklar lentasi
0