Prezident: yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘tgan davrda yoshlar siyosati bo‘yicha ishlarni mahallada tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi vertikal boshqaruv tizimi yaratilgani ta’kidlandi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Barcha rahbarlar bir narsani bilib olsin: ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi! Biz yoshlarga bugundanoq sharoit qilib bermasak, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inqilobiy tashabbuslarni ilgari surmasak, Yangi O‘zbekistonni qanday barpo qilamiz?”, – dedi davlat rahbari so‘zining avvalida.
O‘tgan davrda yoshlar siyosati bo‘yicha ishlarni mahallada tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi vertikal boshqaruv tizimi yaratilgani ta’kidlandi. 9 ming 400 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor o‘g‘il-qizlardan iborat yoshlar yetakchilari tanlab olindi. Mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyat yaratildi. O‘tgan yilning o‘zida:
yoshlar tadbirkorligi uchun 4 trillion so‘m kredit ajratilib, 150 mingta loyiha ishga tushdi, 325 mingta ish o‘rni yaratildi;
43 ming gektar ekin maydoni ajratilib, 435 ming yoshlar bandligi ta’minlandi;
32 mingdan ziyod yoshlarga subsidiya ajratilib, ularga asbob-uskuna, mehnat qurollari va kompyuter olib berildi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
- 130 ming talaba yoshlarga 1,7 trillion so‘m ta’lim krediti berildi, xotin-qizlarning magistraturada o‘qishi bepul bo‘ldi;
- 53 ming nafar ehtiyojmand talabalarga o‘qish uchun kontrakt pullari to‘landi;
- 81 ming talabaga uy-joy ijara to‘lovi ajratildi, 15,5 ming yoshlarga harbiy xizmat uchun mablag‘ to‘lab berildi;
- 13 ming yoshlarga chet tillari bo‘yicha sertifikat olish xarajati to‘lab berildi;
- “Yoshlar daftari” orqali 300 ming yoshlarga qariyb 600 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi.
Shuncha sharoit yaratilganiga qaramasdan, ayrim hokimlar va vazirlar yoshlar masalalari bilan jiddiy shug‘ullanmayotgani, ayniqsa Termiz shahri, Chiroqchi, Kasbi, Urgut, Sherobod, Angor, Uzun, Muzrabot, Amudaryo, Dehqonobod, Oltinsoy, Sharof Rashidov, Asaka, Qamashi, Taxiatosh va Peshku tumanlarida yoshlarning bandligini ta’minlash oqsayotgani tanqid qilindi.
Yangiliklar lentasi
0