https://oz.sputniknews.uz/20230411/moskvada-lotin-amerikasidan-olib-kelingan-700kg-kokain-qolga-olindi---video-33774389.html
Moskvada Lotin Amerikasidan olib kelingan 700 kg kokain qo‘lga olindi - video
Moskvada Lotin Amerikasidan olib kelingan 700 kg kokain qo‘lga olindi - video
Sputnik O‘zbekiston
Narkotiklarning ulgurji qiymati 2,5 milliard rubldan oshadi, chakana savdoda kamida olti milliard rublni tashkil etadi 11.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-11T13:59+0500
2023-04-11T13:59+0500
2023-04-11T14:12+0500
video
narkotik
narkotik moddalar
yevropa ittifoqi
kolumbiya
lotin amerikasi mamlakatlari
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx)
fxx
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33773039_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_d3829de7e763aacc258dad505a692352.jpg
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Moskva viloyatida Lotin Amerikasidan olib kelingan yirik kokain partiyasi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga (FXX) tayanib.Xabarda aytilishiga ko‘ra, Kolumbiya va Yevropa Ittifoqi fuqarolaridan iborat xalqaro narkokartel a’zolari narkotik moddalarni sotishga urinish vaqtida qo‘lga olingan. Rejani amalga oshirish uchun kartel Moskva viloyatidagi ijaraga olingan ombordan foydalangan. U yerda ular tovarlarni chegaradan olib o‘tish uchun qayta qadoqlashgan. Qo‘lga olingan uch fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov izolyatoriga jo‘natildi. Chet elliklar 20-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.FXX ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt yil ichida bu Rossiya orqali Yevropa Ittifoqiga kokain va geroin yetkazib berish bo‘yicha aniqlangan kanallardan biri xolos. Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev Rossiyada har qanday giyohvand moddalarni qonuniylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bir necha bor ta’kidlagan edi.
kolumbiya
lotin amerikasi mamlakatlari
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
FSB o presechenii deyatelnosti mejdunarodnogo narkokanala
Sputnik O‘zbekiston
Video FSB s inostransami, zaderjannimi s 700 kg kokaina. FSB Rossii o presechenii deyatelnosti mejdunarodnogo narkokanala.
2023-04-11T13:59+0500
true
PT2M17S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33773039_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_a88ef480bc8322b8b6dd83d65adaa577.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, narkotik, narkotik moddalar, yevropa ittifoqi, kolumbiya, lotin amerikasi mamlakatlari, rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx), fxx, video
video, narkotik, narkotik moddalar, yevropa ittifoqi, kolumbiya, lotin amerikasi mamlakatlari, rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx), fxx, video
Moskvada Lotin Amerikasidan olib kelingan 700 kg kokain qo‘lga olindi - video
13:59 11.04.2023 (yangilandi: 14:12 11.04.2023) Narkotiklarning ulgurji qiymati 2,5 milliard rubldan oshadi, chakana savdoda kamida olti milliard rublni tashkil etadi
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Moskva viloyatida Lotin Amerikasidan olib kelingan yirik kokain partiyasi qo‘lga olindi, deb
xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga (FXX) tayanib.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Kolumbiya va Yevropa Ittifoqi fuqarolaridan iborat xalqaro narkokartel a’zolari narkotik moddalarni sotishga urinish vaqtida qo‘lga olingan.
"Qo‘lga olish chog‘ida Rossiyaga kelgan kartel a’zolaridan 699 kilogramm kokain topildi. Mutaxassislarning fikricha, narkotiklarning ulgurji qiymati 2,5 milliard rubldan oshadi, chakana savdoda kamida olti milliard rublni tashkil etadi", - deyiladi xabarda.
Rejani amalga oshirish uchun kartel Moskva viloyatidagi ijaraga olingan ombordan foydalangan. U yerda ular tovarlarni chegaradan olib o‘tish uchun qayta qadoqlashgan.
Qo‘lga olingan uch fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov izolyatoriga jo‘natildi. Chet elliklar 20-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
FXX ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt yil ichida bu Rossiya orqali Yevropa Ittifoqiga kokain va geroin yetkazib berish bo‘yicha aniqlangan kanallardan biri xolos.
Alohida ta’kidlash lozimki, Rossiya qator G‘arb davlatlarining narkotik moddalarni nazorat qilish xalqaro tizimini erkinlashtirishga va nazoratni beqarorlashtirishga urinishlari fonida narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi keskin kurash olib bormoqda, - deyiladi FXX xabarida.
Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev Rossiyada har qanday giyohvand moddalarni qonuniylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bir necha bor ta’kidlagan edi.