https://oz.sputniknews.uz/20230411/katta-langar-quroni-sahifalari-33760336.html
Fransiyada namoyish etilgan Katta Langar Qur’oni sahifalari Toshkentga qayta olib kelindi
Fransiyada namoyish etilgan Katta Langar Qur’oni sahifalari Toshkentga qayta olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
Bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgach, sahifalar joylashtirilgan quti ichki ishlar xodimlari hamrohligi va kuzatuvida Diniy idora kutubxonasiga yetkazildi.
2023-04-11T08:00+0500
2023-04-11T08:00+0500
2023-04-11T10:59+0500
jamiyat
o‘zbekiston
fransiya
qur’oni karim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33760511_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d005f8b80336c796768dbca5994e6502.jpg
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Katta Langar Qur’oni sahifalari Parijdan Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi.Katta Langar Qur’onining ikki sahifasi Fransiyaning Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazma namoyishiga qo‘yilgan edi.Ko‘rgazma yakunlangach Katta Langar Qur’oni sahifalari maxsus jihozlangan shisha qutidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Luvr muzeyi mutaxassislari ishtirokida ehtiyotkorlik bilan olinib, sahifalarning saqlanishi va umumiy holati o‘rganib chiqildi.Ushbu jarayonda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxonasi tasarrufidagi raqamli maxsus elektron mikroskop orqali sahifa aslligi ham tekshirildi.Sahifalarni qabul qilish jarayonida ularning asl nusxaligi va yaxshi saqlangan holatda yetib kelgani ma’lum bo‘ldi va doimiy saqlov xonasiga joylashtirildi.Katta Langar Qur’onining ikki sahifasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxonasi fondida saqlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33760511_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bc01a9b87f16f2897828a85c60db0a0d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
katta langar qur’oni o‘zbekiston fransiya ko‘rgazma qur’oni karim ma’lumot
katta langar qur’oni o‘zbekiston fransiya ko‘rgazma qur’oni karim ma’lumot
Fransiyada namoyish etilgan Katta Langar Qur’oni sahifalari Toshkentga qayta olib kelindi
08:00 11.04.2023 (yangilandi: 10:59 11.04.2023) Bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgach, sahifalar joylashtirilgan quti ichki ishlar xodimlari hamrohligi va kuzatuvida Diniy idora kutubxonasiga yetkazildi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Katta Langar Qur’oni sahifalari Parijdan Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Musulmonlar idorasi
xabar berdi. Katta Langar Qur’onining ikki sahifasi Fransiyaning Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazma namoyishiga qo‘yilgan edi.
Ko‘rgazma yakunlangach Katta Langar Qur’oni sahifalari maxsus jihozlangan shisha qutidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Luvr muzeyi mutaxassislari ishtirokida ehtiyotkorlik bilan olinib, sahifalarning saqlanishi va umumiy holati o‘rganib chiqildi.
Ushbu jarayonda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxonasi tasarrufidagi raqamli maxsus elektron mikroskop orqali sahifa aslligi ham tekshirildi.
“Bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgach, sahifalar joylashtirilgan quti ichki ishlar xodimlari hamrohligi va kuzatuvida Diniy idora kutubxonasiga yetkazildi”, - deyiladi xabarda.
Sahifalarni qabul qilish jarayonida ularning asl nusxaligi va yaxshi saqlangan holatda yetib kelgani ma’lum bo‘ldi va doimiy saqlov xonasiga joylashtirildi.
Katta Langar Qur’onining ikki sahifasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxonasi fondida saqlanadi.