Yekaterinburgdagi “Moda haftaligi”da o‘zbek matolaridan tikilgan liboslar namoyish etildi

© Sputnik / Igor PantinVistavka-prodaja uzbekskogo tekstilya. Arxivnoe foto
Vistavka-prodaja uzbekskogo tekstilya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Obuna bo‘lish
Yekaterinburgda “Moda haftaligi” loyihasining 18-mavsumi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Yekaterinburgda o‘tkazilgan “Moda haftaligi”da o‘zbek milliy matolaridan tikilgan liboslar namoyish etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Yekaterinburgda “Moda haftaligi” loyihasining 18-mavsumi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Razan shahridagi “Almaz” o‘zbek milliy-madaniy markazi rahbari Zulayho Qodirova boshchiligida asli o‘zbekistonlik dizaynerlarning ishtiroki tashkil etildi. Haftalik doirasida milliy o‘zbek adrasi, shoyi va xonatlasdan tikilgan bejirim kiyimlar namoyish etildi.
© "Dunyo" AAYekaterinburgdagi “Moda haftaligi”da o‘zbek matolaridan tikilgan liboslar namoyish etildi
Na Nedele modi v Yekaterinburge bili pokazani platya iz uzbekskix tkaney. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Ta’kidlanishicha, o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan tikilgan kiyimlar o‘zining bichimi, mavsumiyligi, tanlangan matolarning yuqori sifati bilan alohida ajralib turdi hamda haftalik ishtirokchilari va mehmonlarining olqishiga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston dilomatlarining “Moda haftaligi” tashkilotchilari bilan o‘tkazgan muzokaralari natijasida O‘zbekiston dizaynerlarining ushbu tadbirning navbatdagi mavsumida ishtirokini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0