Bugun ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / StringerZajjenie gazovoy konforki
Zajjenie gazovoy konforki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Obuna bo‘lish
Ta’mirlash ishlari tufayli Uchtepa, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Bugun ta’mirlash ishlari tufayli Shayxontohur va Uchtepa va Yashnobod tumanlarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, deb xabar qildi “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.
Uchtepa tumanida gaz hisoblagichini o‘rnatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu sababli soat 09:00 dan 18:00 ga qadar ayrim tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shayxontohur tumani aholi iste’molchilari:
“Ming terak” MFYda joylashgan 10 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 120 ta aholi xonadoni;
Yangi turar-joy majmuasidagi 72 ta aholi xonadoni;
Ko‘ksaroy ko‘chasidagi 30 ta uy xo‘jaligi.
Shayxontohur tumani ulgurji iste’molchilari:
Ko‘ksaroy majmuasi, "Fayz" milliy taomlari, Tilomsaroy, Fatx qushxonasi, “Lider gaz” MChJ (AGTKSh), “Ibn sino” to‘yxonasi MChJ, “EKSPAK Pres” MChJ, “Muborak mebel” MChJ, “GO‘ShT SUT” korxonasi, “Chashmir” choyxonasi, “Razetka kabel” MChJ, “Ilos keramika” MChJ, “AKMAL BALIQ” ChP, “Uxod biznes” MChJ, “AKMAL UMID BARAKA” MChJ jami 15 ta ulgurji iste’molchi.
Uchtepa tumani aholi iste’molchilari:
“Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor”, “Zarafshon” MFYlardagi jami 4 600 ta uy xo‘jaligida va 2 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 60 ta aholi xonadonida hamda hududdagi 120 ta ulgurji iste’molchi.
Yashnobod tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti soat 10:00 dan 17:00 ga qadar to‘xtatiladi.
Aholi va ulgurji iste’molchilari:
G‘alabaninig 40-yilligi 3-4 mavzesida joylashgan 30 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 200 ta aholi xonadoni;
"A.Temur" MFY, Ulug‘bek, Furqat, Cho‘lpon ko‘chalaridagi jami 120 ta uy xo‘jaligi hamda ulgurji iste’molchilari.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0