https://oz.sputniknews.uz/20230411/atmosfera-zararli-gazlar-avtotransport-korik-33762739.html
Bugundan barcha avtotransportlar tekshiriladi
Bugundan barcha avtotransportlar tekshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Bir oy davomida markaziy ko‘chalarda benzin, dizel, tabiiy siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanadigan avtotransportlarning atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori ko‘rikdan o‘tkaziladi.
2023-04-11T10:40+0500
2023-04-11T10:40+0500
2023-04-11T14:54+0500
jamiyat
o‘zbekiston
avtomobil
transport
tabiat resurslari vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/01/24936152_0:44:2666:1544_1920x0_80_0_0_fcbafe2e5c7f27f766580cd98e00b09b.jpg
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Bugundan “Toza havo” oyligi tadbiri boshlandi. Oylik davomida avtotransport vositalarining atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori maxsus asbob-uskunalar orqali ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.“Toza havo” oyligi tadbirini o‘tkazishdan maqsad mamlakatda avtotransportlar tashlamalarini kamaytirishdan iborat.Qayd etilishicha, hozirda mamlakatda 4 mln ga yaqin avtotransport vositalari mavjud bo‘lib, shundan 100 mingtasi nosoz hisoblanadi. Ulardan atmosferaga bir yilda o‘rtacha 1,3 mln tonna zararli tashlamalar tashlanadi. Bu umumiy tashlamalarning 63,0 foizini tashkil etadi.Ushbu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 88 foizga teng.Transport vositalari sonining kundan-kunga ortishi natijasida tashlamalar miqdori oldingi yilga nisbatan o‘tgan yilda 26,0 ming tonnaga ko‘paygan.Tadbir doirasida 79 ta yo‘l-patrul maskanlarida ko‘rik nuqtalari, shuningdek, viloyat va shaharlar markaziy ko‘chalarida ko‘chma postlar tashkil etilib, ularga 500 nafar xodim jalb etiladi.Tadbir 10-maygacha davom etadi.Ma’lumot uchun, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra, havo ifloslanishi bo‘yicha xalqaro havo indeksi reytingida Toshkent 20 o‘rinni egallagan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/01/24936152_0:24:2666:2024_1920x0_80_0_0_e4eb874d4d6caaa78a7cf51ab8dd043b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston avtotransport
o‘zbekiston avtotransport
Bugundan barcha avtotransportlar tekshiriladi
10:40 11.04.2023 (yangilandi: 14:54 11.04.2023) Bir oy davomida markaziy ko‘chalarda benzin, dizel, tabiiy siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanadigan avtotransportlarning atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori ko‘rikdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Bugundan “Toza havo” oyligi tadbiri boshlandi. Oylik davomida avtotransport vositalarining atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori maxsus asbob-uskunalar orqali ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi
xabar berdi. “Toza havo” oyligi tadbirini o‘tkazishdan maqsad mamlakatda avtotransportlar tashlamalarini kamaytirishdan iborat.
Qayd etilishicha, hozirda mamlakatda 4 mln ga yaqin avtotransport vositalari mavjud bo‘lib, shundan 100 mingtasi nosoz hisoblanadi. Ulardan atmosferaga bir yilda o‘rtacha 1,3 mln tonna zararli tashlamalar tashlanadi. Bu umumiy tashlamalarning 63,0 foizini tashkil etadi.
Ushbu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 88 foizga teng.
Transport vositalari sonining kundan-kunga ortishi natijasida tashlamalar miqdori oldingi yilga nisbatan o‘tgan yilda 26,0 ming tonnaga ko‘paygan.
“Tadbir davomida respublikaning barcha hududlaridagi yo‘l-patrul maskanlarida, viloyat, tuman (shahar)larning markaziy ko‘chalarida benzin, dizel, tabiiy siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanadigan avtotransport vositalarining atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori maxsus asbob-uskunalar orqali ko‘rikdan o‘tkaziladi”, - deyiladi xabarda.
Tadbir doirasida 79 ta yo‘l-patrul maskanlarida ko‘rik nuqtalari, shuningdek, viloyat va shaharlar markaziy ko‘chalarida ko‘chma postlar tashkil etilib, ularga 500 nafar xodim jalb etiladi.
Tadbir 10-maygacha davom etadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra, havo ifloslanishi bo‘yicha xalqaro havo indeksi reytingida Toshkent 20 o‘rinni egallagan.