AQSh bilan aloqani uzishi mumkin bo‘lgan navbatdagi muhim davlatning nomi aytildi

© AFP 2023 / Karim SahibFlag OAE v Abu-Dabi
Flag OAE v Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Obuna bo‘lish
"Forbes": BAA AQSh geosiyosiy orbitasidan chiqib ketuvchi navbatdagi davlat bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) AQSh geosiyosiy orbitasidan chiqib ketuvchi navbatdagi davlat bo‘lishi mumkin. Bunday fikrni kolumnist Kennet Rapoza "Forbes" nashri uchun yozgan maqolasida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Hammasi Saudiya Arabistonidan boshlandi. O‘tgan iyul oyida Jo Bayden Ar-Riyodga tashrifi chog‘ida sovuq bo‘lmasa ham, sovuqqonlik bilan kutib olindi.Keyin saudiyaliklar Eron bilan yaqinlashishda vositachi sifatida Xitoyni tanlashdi. Keyingi o‘rinda Birlashgan Arab Amirliklari”, — deb yozadi muallif.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BAA ham Saudiya Arabistoni kabi ko‘p jihatdan AQShdan o‘rnak olgan, ammo bugun Abu-Dabi Amirliklarning jamoaviy manfaatlaridan kelib chiqib ish olib boradi.
O‘tgan yozda AQSh prezidenti Jo Bayden BAA prezidenti Muhammad bin Zaydni Vashingtonga taklif qilgan. Lekin tashrif hali amalga oshmagani BAA va AQSh ma’muriyati o‘rtasidagi munosabatlardagi qiyinchiliklardan darak beradi.

“Rivojlanayotgan mamlakatlar kuzatuvchilari uchun asosiy ko‘rsatkich sifatida AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llamaganiga qarash kifoya. BAA G‘arb rahbariyatidan umumiy "uzoqlashish"ga misol bo‘la oladi”, - deya eslatdi Rapoza.

Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar moliya vaziri o‘rinbosari allaqachon BAA ustidan "sanksiyalarning yomon qo‘llanilishi" nuqtayi nazaridan shikoyat qilgan. Biroq, Vashington har qanday sanksiyalar qo‘ygan taqdirda ham, mamlakat "har qanday cheklovlarni osongina e’tiborsiz qoldiradi".
Maqolada ta’kidlanganidek, AQSh uchun Amirliklar ham savdo-iqtisodiy, ham siyosiy ta’sir nuqtayi nazaridan muhim sherikdir: ular AQSh harbiy ta’minoti bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi va 2020-yilda, masalan, BAA kapitali AQShga investitsiya oqimida taxminan 45 milliard dollarni tashkil etdi.
Muallif o‘z maqolasida bunday ag‘darilish salbiy oqibatlarga olib keladi, deb xulosa qilgan.
Yangiliklar lentasi
0