Toshkent irrigatsiya-drenaj tizimini ta’mirlash uchun 700 mln so‘m ajratiladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishLivnevaya sistema. Arxivnoe foto
Livnevaya sistema. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
Bu ishlar yomg‘ir paytida suv toshqini oldini olish uchun amalga oshiriladi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Toshkent irrigatsiya-drenaj tizimini ta’mirlash uchun 700 mln so‘m ajratiladi. Poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov 7-aprel kuni tegishli qarorni imzoladi.

"Toshkent shahrida yog‘ingarchilik davrida suv toshishi kabi holatlarning oldini olish maqsadida drenaj va kollektorlarni (irrigatsiya tizimini) ta’mirlash va beton quvur yotqizish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 700 million so‘m miqdorda mablag‘ ajratilsin”, - deyilgan qaror matnida.

Bu mablag‘ poytaxt budjetining zaxira fondidan ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel boshida yoqqan kuchli yomg‘ir Toshkent ko‘chalarini suv bosishiga sabab bo‘lgandi. Poytaxt hokimligi bunga lotoklar bir paytning o‘zida katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmaganini sabab qilib ko‘rsatgan edi.
Yangiliklar lentasi
0