Suzish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi

© O‘zbekiston suzish federatsiyasiSuzish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi
Suzish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
Chempionatning “A” normativini bajargan sportchilar JChda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishadi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Toshkentda 17-22 aprel kunlari suzish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston suzish federatsiyasi axborot xizmati xodimi Timur Kuchkarov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.

“Toshkentdagi Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 5 kun davomida suzish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi. Hozircha Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan ishtirok etish uchun sportchilar ariza berishgan. Chempionatga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in ketmoqda”, - dedi u.

Musobaqalarda sportchilar ikkita yosh guruhga bo‘lingan holda bahsga kirishadi:
1-guruh 2005-yilda tug‘ilganlar va undan kattalar;
2-guruh 2006-2007 yilda tug‘ilganlar.

“Jahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) tomonidan ushbu normativ bildirilgandan so‘ng xushxabar sportchilarni ruhlantirib yubordi. Tan olish kerakki, O‘zbekiston ochiq chempionatidagi bahslar o‘smir suzuvchilarimiz uchun katta imtihon bo‘ladi. Ishonamanki, ular ishonchni oqlashadi va jahon chempionatiga yo‘l olishadi”, - dedi Kuchkarov.

O‘zbekiston ochiq chempionatida “A” normativini bajargan sportchilar suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritishadi. Mazkur JCh 14-30 iyul kunlari Yaponiyaning Fukuoke shahrida o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0