Samarqanddagi gaz “zapravka”da yuk mashinasi yonib ketdi

© Unsplash / Adam Wilson Pojar, illyustrativnoe foto
Pojar, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
Gaz qo‘yish shoxobchasi hududida yonilg‘i sig‘imi 20 tonna bo‘lgan yuk mashinasi yonib ketgan. Oqibatda bir kishi jarohatlangan.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanidagi gaz qo‘yish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.
Hodisa bugun, 10-aprel kuni, soat 16:48 da tumandagi "Qorabulok" MFY hududidagi gaz shoxobchasida ro‘y bergan. Ma’lum bo‘lishicha, yonilg‘i sig‘imi 20 tonna bo‘lgan yuk mashinasi yonib ketgan.
Voqea joyiga FVV viloyat boshqarmasining 4 ta yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borgan. Yong‘in soat 17:35 da o‘chirilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi jarohatlangan. Hozir u tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Yangiliklar lentasi
0