Qamchiq dovonida avtomobil xandaqqa tushib ketdi – video

© Elina BeknazarovaSpasateli MChS pokazali rabotu nablyudatelnix punktov i pojarno-spasatelnogo upravleniya "Kamchik".
Spasateli MChS pokazali rabotu nablyudatelnix punktov i pojarno-spasatelnogo upravleniya Kamchik. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
Hodisa vaqtida mashinada bo‘lgan 2 kishi jarohat olgan.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Bugun, 10-aprel kuni ertalab Qamchiq dovonida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
YTH “Toshkent – ​​O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 216-kilometrida yengil avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan. Toshkent tomon ketayotgan “Lacyetti” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomobil xandaqqa tushib ketgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yetib kelgan. Qisqa vaqt mobaynida mashina yer yuzasiga ko‘tarilgan.
Hodisa vaqtida mashinada bo‘lgan 2 kishi jarohat olgan. Jarohatlanganlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. YTH oqibatlarini bartaraf etish jarayonida dovonda avtomobillar harakati to‘xtatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 6-aprel kuni Qamchiq dovoniga o‘tuvchi yo‘lda yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.
Yangiliklar lentasi
0