Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Pushilin Artyomovskka bordi

© AP Photo / LibkosDim v Artemovske
Dim v Artemovske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
DXR rahbari vazifasini bajaruvchining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi Artyomovskda o‘z bo‘linmalarini ayab o‘tirmayapti.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin Artyomovskka bordi va Ukraina qo‘shinlari shaharni ayamayotganini ma’lum qildi.
“Mana bizning Artyomovsk, “vagnerchilar” (“Vagner” XHK) tomonidan ozod qilinmoqda. <...> Bu kichik e’lon, batafsil videoni keyinroq kanalda kuting. Bizning bo‘linmalar rus zaminlarini ozod qilishda davom etmoqda”, - dedi u o‘zining Telegram-kanalida joylangan videoda.
Pushilin Ukraina Qurolli kuchlari Artyomovskda o‘z bo‘linmalarini ayab o‘tirmayotganini ma’lum qildi.
“Dushman na shaharga, na o‘z odamlariga rahm-shafqat qilyapti. Go‘shtqiymalagichga jo‘natapti”, - dedi u.
Artyomovsk DXRning Kiyev nazorati ostidagi qismida, Gorlovka shahridan shimolda joylashgan. Bu Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari guruhini ta’minlash uchun muhim transport markazidir. Shahar atrofida olti oydan ortiq vaqtdan beri shiddatli janglar davom etmoqda. 22-mart kuni DXR rahbarining maslahatchisi Yan Gagin Rossiya kuchlari shahar deyarli to‘liq qurshab olganini ma’lum qilgan edi, unga olib boruvchi yo‘llarni Rossiya artilleriyasi nazorat qilmoqda. Shuningdek, u operativ qamalda bo‘lgan Artyomovskda 10 mingga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilar qolayotganini xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0