https://oz.sputniknews.uz/20230410/oziq-ovqat-mahsulotlari-narxi-33732734.html
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashmoqda
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi prezident farmoni bilan boj to‘lovidan ozod qilingan oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashganini ma’lum qildi.
2023-04-10T11:36+0500
2023-04-10T11:36+0500
2023-04-10T11:36+0500
iqtisod
o‘zbekiston
narx-navo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27464083_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_19e88e79c493ae1d1eb48bad03b01272.jpg
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashmoqda, deb xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.Xalqaro biznes markazida qator vazirlik va idoralar rahbarlari, yirik importorlar, ulgurji va chakana savdo tarmoqlari egalari, O‘zbekistonning taniqli tadbirkorlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda prezidentning 2023-yil 23-martdagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni muhokama qilindi.Bu farmon bilan 36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga 2024-yilgacha (yana 2 tasi – 2023-yil 1-sentabrgacha) bojxona bojining nol stavkasi joriy etiladi.Tahlillarga ko‘ra, nol stavkalar joriy etilgandan keyingi dastlabki 10 kun davomida (ya’ni joriy yil 4-aprel holatiga) bojxona imtiyozlari asosida import qilingan 36 turdagi tovarlarning 24 turi bo‘yicha ulgurji narxlarning pasayishi kuzatildi.Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, narxlarning pasayishi chakana savdoda ham kuzatiladi.Tuzilgan ichki guruh ichki bozordagi narxlar o‘zgarishi dinamikasini monitoring qiladi va ularni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27464083_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_d0927030ee62b56ed8d7116029c8e499.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘zbekiston boj
oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘zbekiston boj
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashmoqda
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi prezident farmoni bilan boj to‘lovidan ozod qilingan oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashmoqda, deb
xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Xalqaro biznes markazida qator vazirlik va idoralar rahbarlari, yirik importorlar, ulgurji va chakana savdo tarmoqlari egalari, O‘zbekistonning taniqli tadbirkorlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda prezidentning 2023-yil 23-martdagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
farmoni muhokama qilindi.
Bu farmon bilan 36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga 2024-yilgacha (yana 2 tasi – 2023-yil 1-sentabrgacha) bojxona bojining nol stavkasi joriy etiladi.
Tahlillarga ko‘ra, nol stavkalar joriy etilgandan keyingi dastlabki 10 kun davomida (ya’ni joriy yil 4-aprel holatiga) bojxona imtiyozlari asosida import qilingan 36 turdagi tovarlarning 24 turi bo‘yicha ulgurji narxlarning pasayishi kuzatildi.
“Ayniqsa xurmo – 16 foiz, olma, behi va nok – 42 foiz, konservalangan baliqlar – 50 foiz, mineral suvlar – 40 foiz, oq shokolad yoki tarkibida kakao bo‘lmagan konfetlar – 24 foizga arzonlashdi”, - deyilgan xabarda.
Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, narxlarning pasayishi chakana savdoda ham kuzatiladi.
Tuzilgan ichki guruh ichki bozordagi narxlar o‘zgarishi dinamikasini monitoring qiladi va ularni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.