https://oz.sputniknews.uz/20230410/lukashenko-33748925.html
Lukashenko Rossiyadan Belarusni o‘z hududidek himoya qilish kafolatlarini so‘radi
Lukashenko Rossiyadan Belarusni o‘z hududidek himoya qilish kafolatlarini so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tashqi agressiya bo‘lgan taqdirda Belarusni o‘z hududidek himoya qilishni kafolat berishi kerak. Bu haqda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
2023-04-10T17:08+0500
2023-04-10T17:08+0500
2023-04-10T17:08+0500
dunyoda
belarus
rossiya
aleksandr lukashenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/13/31592875_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_1cdf7d1a4788a2bec216caa29a281393.jpg
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Rossiya tashqi agressiya bo‘lgan taqdirda Belarusni o‘z hududidek himoya qilishni kafolat berishi kerak. Bu haqda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda ma’lum qildi.“Umuman olganda bu muzokaralarda (Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan – tahr.) shunday yangradiki, Belarusga nisbatan agressiya bo‘lgan taqdirda Rossiya Federatsiyasi Belarusni o‘z hududidek himoya qiladi. Bizga mana shunday xavfsizlik kafolatlari kerak. Bizga qardosh Rossiyadan to‘liq xavfsizlik kafolatlari lozim”, - dedi Lukashenko.Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Putin muzokaralarda shu nuqtayi nazardan “Belarus va Rossiyaning barcha shartnoma va bitimlarini tekshirish, Belarusning to‘liq xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlatlararo xususiyatga ega qanday normativ huquqiy hujjatni qabul qilish kerakligini ko‘rib chiqish zarurligini” ta’kidlagan.Lukashenkoning qayd etishicha, G‘arb mamlakatlari Budapesht memorandumi doirasida yadro qurolini chiqarish evaziga berilgan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuvlarini bajarishmayapti.“Agar ular bizga, Rossiyaga qarshi sanksiya kiritayotishgan bo‘lsa, qanday iqtisodiy xavfsizlik bo‘lishi mumkin! Shu bois men bu masalani Rossiya prezidenti bilan muzokaralarda ko‘tardim. U meni barcha yo‘nalishlarda mutlaqo qo‘llab-quvvatladi”, - dedi Belarus yetakchisi.
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/13/31592875_204:0:2935:2048_1920x0_80_0_0_2660b9e2b99933cb4fbf4636f9bc34f3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aleksandr lukashenko belarus rossiya himoya kafotlatlari
aleksandr lukashenko belarus rossiya himoya kafotlatlari
Lukashenko Rossiyadan Belarusni o‘z hududidek himoya qilish kafolatlarini so‘radi
Aleksandr Lukashenko Rossiya Belarusga tashqi agressiya bo‘lgan taqdirda uni o‘z hududidek himoya qilishni kafolatlashi kerakligini aytdi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Rossiya tashqi agressiya bo‘lgan taqdirda Belarusni o‘z hududidek himoya qilishni kafolat berishi kerak. Bu haqda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Umuman olganda bu muzokaralarda (Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan – tahr.) shunday yangradiki, Belarusga nisbatan agressiya bo‘lgan taqdirda Rossiya Federatsiyasi Belarusni o‘z hududidek himoya qiladi. Bizga mana shunday xavfsizlik kafolatlari kerak. Bizga qardosh Rossiyadan to‘liq xavfsizlik kafolatlari lozim”, - dedi Lukashenko.
Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Putin muzokaralarda shu nuqtayi nazardan “Belarus va Rossiyaning barcha shartnoma va bitimlarini tekshirish, Belarusning to‘liq xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlatlararo xususiyatga ega qanday normativ huquqiy hujjatni qabul qilish kerakligini ko‘rib chiqish zarurligini” ta’kidlagan.
Lukashenkoning qayd etishicha, G‘arb mamlakatlari Budapesht memorandumi doirasida yadro qurolini chiqarish evaziga berilgan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuvlarini bajarishmayapti.
“Agar ular bizga, Rossiyaga qarshi sanksiya kiritayotishgan bo‘lsa, qanday iqtisodiy xavfsizlik bo‘lishi mumkin! Shu bois men bu masalani Rossiya prezidenti bilan muzokaralarda ko‘tardim. U meni barcha yo‘nalishlarda mutlaqo qo‘llab-quvvatladi”, - dedi Belarus yetakchisi.