Hafta davomida havo harorati +37 darajagacha ko‘tariladi

© unsplash.com/Kseniia ZaitsevaZaxod solnsa. jarkaya pogoda
Zaxod solnsa. jarkaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
Seshanba kunidan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo massasi kirib keladi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ish haftasining ikkinchi yarmi juda iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, bugun atmosfera fronti o‘tishida markaziy va sharqiy hududlar bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati +15...+20 darajani tashkil etadi.
Seshanba kunidan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo massasi kirib keladi. Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Horazm viloyatida 14-aprel kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib, +29...+32 darajani tashkil etadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +35...+37 darajagacha bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 11-14 aprel kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 10-11 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
10-11 aprel kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
Bugun poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. 11-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
12 apreldan boshlab havo jadal isiy boshlaydi. 10 va 11-aprel kunlari kunduzgi havo harorati +16...+19 daraja, 14-aprelga kelib, +30...+32 daraja atrofida bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0