Putin ham Turkmanistonning sobiq rahbariga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Mixail Metsel / Mediabankka o‘tish Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto
 Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gurbanguli Berdimuhamedovga onasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga onasi Ogulabat Berdimuhamedovaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
“Hurmatli Gurbanguli Malikguliyevich, onangizning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qiling. Sizga va oila a’zolaringizga hozirgi o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan va og‘ir yo‘qotish paytida xotirjamlik va sabr-toqat tilayman”, - deyiladi Putinning maktubida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga buvisi va Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga onasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Turkmaniston davlat axborot agentligi shanba kuni “Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning buvisi Ogulabat Berdimuhamedova 86 yoshida olamdan o‘tgani” haqida xabar berdi.
Yangiliklar lentasi
0