Ostonada sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati start olmoqda

Foto press-slujbi Natsionalnogo Olimpiyskogo Komiteta Uzbekistana
Foto press-slujbi Natsionalnogo Olimpiyskogo Komiteta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2023
Obuna bo‘lish
Birinchi kun doirasida 5 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Bugun Qozog‘istonning Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqani klassik kurash ustalari boshlab berishadi. Birinchi kun doirasida 5 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Unda gilamga chiqadigan o‘zbekistonlik sportchilar chempionatni quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:
-55 kg: Ixtiyor Botirov - Abduvali Rahimboyev (Turkmaniston);
-63 kg: Shermuhammad Sharibjonov - Chiyezo Maruyama (Yaponiya);
-77 kg: Aram Vardanyan - Amro Sadeh (Iordaniya)/ Demeu Jadrayev (Qozog‘iston);
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov - Chengvu Vang (Xitoy);
-130 kg: Temurbek Nasimov - Navin Navin (Hindiston).
Yangiliklar lentasi
0