Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga ta’ziya yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham ta’ziya yo‘lladi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Mehribon va aziz volidai muhtaramangiz – Ogulabat Berdimuhamedovaning olamdan o‘tgani haqidagi xabar qalblarimizni chuqur qayg‘u va iztirobga soldi. Ogulabat edje o‘zining ibratli hayot yo‘li, chinakam mehnatsevarligi, odamlarga mehr-oqibati va kamtarligi bilan el-u yurtingizning ulkan mehr-u muhabbatiga sazovor bo‘lgan mo‘’tabar inson edi. Oilangiz uchun katta yo‘qotish bo‘lgan ushbu musibatli onlarda Siz, Janobi Oliylariga va barcha yaqinlaringizga, qardosh va do‘st Turkmaniston xalqiga hamdardlik tuyg‘ularimizni izhor etamiz”, - deyiladi maktubda.
Shuningdek, Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham ta’ziya yo‘lladi.
Yangiliklar lentasi
0