Toshkentning ayrim tumanlari suv tarmog‘idan vaqtincha uziladi — manzillar

© pexels.com/Nithin PAKrupnim planom foto kapli vodi
Krupnim planom foto kapli vodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obuna bo‘lish
Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Toshkentning 4 ta tumani suv tarmog‘idan vaqtincha uziladi. Bu haqda Toshkent shahar suv ta’minoti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan kesib o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning ta’mirlanadi va ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazish jarayoni o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Sergeli, Yangihayot, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida 10-aprel soat 9:00 dan 12-aprel soat 9:00 gacha suv bo‘lmaydi.
Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
Suv tarmog‘idan vaqtincha uziladigan hududlar:
Sergeli tumani - "Jun", "No‘g‘oyqo‘rg‘on", "Qubaytepa", "Yuqori Darxon", "Qut baraka", "Sug‘diyona", "Qumariq", "Oltin vodiy", "Uchuvchilar", "Bunyodobod" mahallalari;
Yangihayot tumani - "Viqor", "Al-Farg‘oniy", "Chorbog‘", "Yo‘ldosh", "Yangi Choshtepa", "Choshtepa", "Chortoq", "Iqbol", "Fayzli", "Toshkent" mahallalari;
Yakkasaroy tumani - "Boshliq", "Qushbegi" mahallalarida. Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, Abdulla Qahhor ko‘chalari;
Mirobod tumani - "Temiryo‘lchilar", "Zaminobod", "Birodarlik" mahallalari.
Yangiliklar lentasi
0