Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

MSK mahalliy va xorijiy OAVni akkreditatsiya qilishni boshladi — ular qanday huquqlarga ega?

© Sputnik / Evgeny Biyatov / Mediabankka o‘tishJurnalisti v Sentre mejdunarodnoy torgovli na Krasnoy Presne pered nachalom yejegodnoy bolshoy press-konferensii prezidenta RF Vladimira Putina
Jurnalisti v Sentre mejdunarodnoy torgovli na Krasnoy Presne pered nachalom yejegodnoy bolshoy press-konferensii prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obuna bo‘lish
MSKga referendum jarayonlarini yoritish uchun Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Turkiya, Buyuk Britaniya OAVlari murojaat qilgan.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi referendumda ishtirok etuvchi mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiya qilishni boshladi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy soni 383 nafarni tashkil etmoqda.
Referendum jarayonlarini yoritish uchun Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Turkiya, Buyuk Britaniya OAVlari murojaat qilgan.
Ular orasida Rossiyadan “Sputnik”, “TASS” va “Rossiya segodnya” axborot agentliklari ham bor.
Ma’lumot uchun, OAV vakili “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun, ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, MSKning qarorlari talablari va tegishli nizom qoidalarini buzganida uning akkreditatsiyasi bekor qilinadi.
OAV vakili quyidagi huquqlarga ega:
referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish;
referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning majlislarida hozir bo‘lish;
referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari nusxalarini OAVda yoritish uchun olish;
muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti va joyi haqida xabardor bo‘lish hamda ushbu jarayonni kuzatish;
referendum kuni ovoz berish xonalarida, shu jumladan ovozlarni sanab chiqishda hozir bo‘lish;
referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga hamda ovoz berish jarayoniga halaqit bermasdan va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalarida tashkil etilgan referendum uchastkalari bundan mustasno);
fuqaroning turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berish jarayonida hozir bo‘lish;
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan uchastka komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarni qabul qilib olishi hamda okrug bo‘yicha ovoz berish yakunlarini aniqlash jarayonida hozir bo‘lish;
referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uning o‘tkazilishi bo‘yicha o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega.
OAV vakili referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning binolari (xonalari), majlislari va matbuot anjumanlarida guvohnomani boshqalarga ko‘rinadigan tarzda doimo taqqan bo‘lishi kerak.
OAV vakiliga quyidagilar man etiladi:
ovoz beruvchilarga ta’sir o‘tkazish, qonunga xilof ravishda biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyotini tarqatish;
ovoz beruvchi ovoz berish bulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
ovoz beruvchilardan ular qanday ovoz berganliklarini surishtirish yoki ularga ovoz berish bulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan ovoz berish qutilari muhrlanayotgan, ochilayotgan, ovozlar sanab chiqilayotganda aralashish;
referendum kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, referendum natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan referendum bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish.
Ovoz beruvchining ovoz berish kabinasida yoki xonasida bulletenni to‘ldirish jarayonini suratga yoki videoga olish, uni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 2002-yilda o‘tkazilgan referendumda ommaviy axborot vositalarining 130 dan ziyod kuzatuvchilari ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0