Yomg‘ir, do‘l, momaqaldiroq: Bugun qaysi hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi?

© Sputnik / Evgeny Odinokov / Mediabankka o‘tishLyudi idut po ulitse vo vremya livnya v Moskve
Lyudi idut po ulitse vo vremya livnya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, bugun faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘maydi, qolgan hududlarda havo o‘zgarib turadi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Bugun respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumikin. Harorat kechasi +10-12 daraja, kunduzi +20-22 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5-10 daraja, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyatining ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +18-23 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5-10 daraja, kunduzi +18-23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2-7 daraja, kunduzi +5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0