Ukraina muzokaralari faqat Rossiya manfaatlarini hisobga olgan holda bo‘lishi mumkin — Lavrov
Ukraina muzokaralari faqat Rossiya manfaatlarini hisobga olgan holda bo‘lishi mumkin — Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Lavrov, G‘arb davlatlari Rossiya taklif etgan xavfsizlik shartnomasiga mensimaslik bilan munosabatda bo‘lganini esga oldi. 07.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar faqat Rossiya Federatsiyasining qonuniy manfaatlari va xavotirlarini hisobga olgan holda amalga oshishi mumkin, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Anqarada. RIA Novosti xabariga asosan.Lavrov, shuningdek, mojaro boshlanmasdan oldin G‘arb davlatlari Rossiya xavotirlarini takabburlik va mensimaslik bilan munosabatda bo‘lganini eslatdi.
Lavrov, G‘arb davlatlari Rossiya taklif etgan xavfsizlik shartnomasiga mensimaslik bilan munosabatda bo‘lganini esga oldi.
TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar faqat Rossiya Federatsiyasining qonuniy manfaatlari va xavotirlarini hisobga olgan holda amalga oshishi mumkin, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Anqarada. RIA Novosti xabariga asosan.
“Rossiya prezidenti ham, Rossiya Federatsiyasining boshqa vakillari ham buni bir necha bor takrorlashdi — biz muzokaralarni rad etmaymiz, ammo bu muzokaralar Rossiya qonuniy manfaatlari va xavfsizlik borasidagi xavotirlarini hisobga olgan holdagina o‘tishi mumkin", - dedi Lavrov.
Lavrov, shuningdek, mojaro boshlanmasdan oldin G‘arb davlatlari Rossiya xavotirlarini takabburlik va mensimaslik bilan munosabatda bo‘lganini eslatdi.
"Shuning uchun, ba’zi xalqaro ekspertlar, ma’lum mamlakatlar vakillari "endi Rossiyani, to‘g‘ri, muzokaralar stoliga o‘tqazaylik" degan tashabbuslarni ilgari surganda bir narsani unutmang: bugungi vaziyat AQShning xalqaro munosabatlarda to‘liq gegemonlikni o‘rnatishga urinishlari oqibatida kelib chiqqan. Muzokarlarda yangi ko‘p qutbli dunyo tartibi haqida borishi kerak, bir gegemonli dunyo haqida haqida emas", - dedi Lavrov.
Rossiyaning "qizil chiziqlari"
2021 yilning dekabr oyida Rossiya AQSh va NATOga harbiy mojarolar boshlanmasligi uchun o‘z taklifini yozma ravishda bildirgan edi.
Rossiya Qo‘shma Shtatlarga taklif qilgan bitimida, o‘zaro teng xavfsizlik tamoyillari asosida harakat qilishni taklif qilgan edi. Unda, xususan, quyidagi asosiy tamoyillar aks etgan edi:
1. Rossiya yoki AQSh boshqa davlatlar hududidan foydalangan holda bir-biriga qurolli hujum tayyorlamasligi.
2. NATOning Sharqqa kengayishini to‘xtatish va sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlarni NATOga kirishga undamaslik. Bu asosan Ukraina va Gruziyaga tegishli.
3. AQSh sobiq SSSR hududida harbiy bazalar yaratmasligi, shuningdek, har qanday harbiy faoliyatni amalga oshirish uchun ularning infratuzilmasidan foydalanmasligi kerak.
4. Yadro qurolini o‘z milliy hududdan tashqarida joylashtirishni istisno qilish.
Afsuski, Moskvaning xavfsizlik nuqtayi nazaridan mutlaqo aniq bo‘lgan ushbu takliflari G‘arb tomonidan tegishli jiddiylik bilan kutib olinmadi va shundan so‘ng 2022-yilning fevral oyida Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiyasini boshlashga majbur bo‘ldi.