Sirdaryo viloyatida 6 ta yangi korxona ishga tushirildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya "Omon med farm" v gorode Gulistane i prinyal uchastie v seremonii zapuska 6 novix predpriyatiy v Sirdarye.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya Omon med farm v gorode Gulistane i prinyal uchastie v seremonii zapuska 6 novix predpriyatiy v Sirdarye. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Viloyatda dori mahsulotlari, gazobeton, marmar kesimlari va tabiiy charm ishlab chiqaradigan korxonalar ish boshladi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ramziy tugmani bosib, 6 ta yangi korxonalarni ishga tushirdi.
Ular – Sirdaryo tumanidagi “River Med farma”, “Yevroaziya gaz beton”, “Modern Marbel”, “Peng Sheng Charm”, Sayxunobod tumanidagi “Toshkent siti gold blok” hamda Yangiyer shahridagi “Inter Treyding-grup” mas’uliyati cheklangan jamiyatlaridir.
Ularning rahbarlari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya "Omon med farm" v gorode Gulistane i prinyal uchastie v seremonii zapuska 6 novix predpriyatiy v Sirdarye.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya Omon med farm v gorode Gulistane i prinyal uchastie v seremonii zapuska 6 novix predpriyatiy v Sirdarye. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Qayd etilishicha, “River Med farma” korxonasida yiliga 42 million dona infuzion dori mahsulotlari tayyorlanib, 250 kishi ish bilan ta’minlanadi.
“Yevroaziya gaz beton” qurilish sohasiga ixtisoslashgan. U yerda Niderlandiya texnologiyasi asosida yiliga 450 ming kub gazobeton ishlab chiqariladi, 100 ta ish o‘rni tashkil etiladi.
“Modern Marbel”da yiliga 800 ming kvadrat metr marmar kesimlari tayyorlanadi.
“Peng Sheng Charm” yiliga 1500 kvadrat metr tabiiy charm hamda 468 tonna jelatin ishlab chiqarishga quvvatiga ega. Ularning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
“Toshkent siti gold blok” va “Inter Treyding-grup” loyihalari 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya evaziga amalga oshirilgan. Birinchisida yiliga 300 ming metr kub gazoblok ishlab chiqarilsa, ikkinchi korxona 45 ming tonna un tayyorlash quvvatiga ega.
Umuman, mazkur korxonalarda 600 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi, ularning faoliyati tufayli viloyat ishlab chiqarishiga 37 milliard so‘m, eksportiga qariyb 30 million dollar qo‘shiladi.
Yangiliklar lentasi
0