O‘zbekiston sho‘r va suvsizlikka chidamli ekinlarni yaratish bo‘yicha Xitoy bilan hamkorlik qiladi

© Sputnik / Sergey PivovarovStart massovoy posevnoy kampanii
Start massovoy posevnoy kampanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Sirdaryoda eng ilg‘or agrotexnologiyalar joriy qilinadi. Buning uchun qishloq xo‘jaligida ilm va innovatsiya joriy qilish bo‘yicha Xitoydan 2 nafar maslahatchi olib kelinadi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Sho‘r va suvsizlikka chidamli ekin turlari, chorvachilik nasllarini yaratish bo‘yicha Xitoyning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident ishtirokida o‘tayotgan Sirdaryo xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Uchinchi tashabbus doirasida Sirdaryoda eng ilg‘or agrotexnologiyalar joriy qilinadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Shavkat Mirziyoyev
Xususan, viloyat hokimiga qishloq xo‘jaligida ilm va innovatsiya joriy qilish bo‘yicha Xitoydan 2 nafar maslahatchi olib kelinadi. Sirdaryoda irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga xitoylik investorlar jalb qilinadi.
Xitoy tajribasi yordamida qoramol va parrandachilik ekokomplekslari tashkil qilinadi, sho‘r va suvsizlikka chidamli makkajo‘xori, sorgo, beda kabi ozuqaga boy ekin navlari ekiladi, intensiv anor, qovun, pekan yong‘og‘i va baliqchilik plantatsiyalari tashkil qilinadi, meva-sabzavotni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnoparki tashkil etiladi.
Sho‘r va suvsizlikka chidamli ekin turlari, chorvachilik nasllarini yaratish bo‘yicha Xitoyning bu yo‘nalishdagi yetakchi oliygohlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Ularning filiallari tashkil qilinib, qishloq va suv xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlanishi hamda yer o‘zlashtirish, cho‘llanish, irrigatsiya va ekologiya yo‘nalishida ilmiy-tadqiqotlar olib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0