O‘zbekiston stendi Bokuda o‘tkazilgan ko‘rgazmada eng yaxshisi deya etirof etildi

© Madaniyat va turizm vazirligi AITF-2023
AITF-2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazma davomida o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan xorijlik hamkorlar bilan 200 dan ortiq kelishuvlarga erishldi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekiston stendi Bokuda o‘tkazilgan ko‘rgazmada eng yaxshisi deya etirof etildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi ma’lum qildi.
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida AITF-2023 19-xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Unda 7 ta sayyohlik kompaniyasi, “Ichan qal’a” majmuasi rahbariyati, madaniyat va san’at namoyandalari, musiqachilar hamda hunarmandlardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham ilk bor hamkor davlat sifatida ishtirok etdi.

“Ko‘rgazma davomida o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan xorijlik hamkorlar bilan 200 dan ortiq kelishuvlarga erishldi”, - deyiladi xabarda.

Xalqaro ko‘rgazma tashkilotchilari va ishtirokchilarida mamlakatning turizm salohiyati taqdimoti, Xorazm milliy ansambli san’atkorlari chiqishlari bilan madaniy dastur, xalq amaliy san’ati va milliy taomlar namoyishi katta taassurot qoldirdi.
© Madaniyat va turizm vazirligi AITF-2023
AITF-2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
AITF-2023
Shu sababdan O‘zbekiston stendi xalqaro ko‘rgazmadagi eng yaxshisi deya etirof etildi va O‘zbekiston delegatsiyasiga maxsus statuetka topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0