https://oz.sputniknews.uz/20230407/ozbekiston-bioemiriluvchi-polietilen-paketlar-33643057.html
O‘zbekistonda ilk bor bioyemiriluvchi polietilen paketlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda ilk bor bioyemiriluvchi polietilen paketlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
2024 yil 1-yanvardan O‘zbekiston hududida qalinligi 100 mikrondan kam bo‘lgan polimer paketlarni ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi.
2023-04-07T07:36+0500
2023-04-07T07:36+0500
2023-04-07T11:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tabiat resurslari vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33638216_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_58265f696f13cbbd895930201e20d4f9.jpg
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor bioyemiriluvchi polietilen paketlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan, hozirda aynan shunday korxonani ishga tushirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi tomonidan o‘tkazilgan press-turda ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Biologik parchalanadigan polimer materiallarni yaratish va ulardan foydalanish tabiatning ifloslanish xossasini ancha kamaytiradi. Shuningdek, ekologik vaziyatni yomonlashtiradigan sintetik polimerlarga ehtiyoj qolmaydi.Shuningdek, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor biologik parchalanadigan polimer materiallar texnologiyasini joriy etish rejalashtirilmoqda.Hozirda respublikada polietilen paketlarni qayta ishlash bo‘yicha 101 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.O‘zbekiston hududida 2024-yil 1-yanvardan qalinligi 100 mikrondan kam bo‘lgan polimer paketlarni ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi. Bu plastik rulonli paketlar va biologik parchalanadigan xo‘jalik sumkalariga taalluqli emas. Ushbu talablarni buzish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.Ma’lumot uchun, maishiy va poligon chiqindilarining asosiy qismini plastik paketlar tashkil qiladi, ular biologik parchalanmaydi. Iste’molda plastik paketlar o‘rtacha 25 daqiqa davomida ishlatiladi va keyin chiqindi sifatida tashlanadi. Ularning parchalanishi uchun 100-500 yil kerak bo‘ladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33638216_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_c4601337fe8d2efd7ef1774a30544444.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tabiat resurslari vazirligi
o‘zbekiston tabiat resurslari vazirligi
O‘zbekistonda ilk bor bioyemiriluvchi polietilen paketlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda
07:36 07.04.2023 (yangilandi: 11:05 07.04.2023) 2024 yil 1-yanvardan O‘zbekiston hududida qalinligi 100 mikrondan kam bo‘lgan polimer paketlarni ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor bioyemiriluvchi polietilen paketlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan, hozirda aynan shunday korxonani ishga tushirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi tomonidan o‘tkazilgan press-turda ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Biologik parchalanadigan polimer materiallarni yaratish va ulardan foydalanish tabiatning ifloslanish xossasini ancha kamaytiradi. Shuningdek, ekologik vaziyatni yomonlashtiradigan sintetik polimerlarga ehtiyoj qolmaydi.
“Dunyoda har soniyada 160 000 ta bir martalik paketdan foydalaniladi. Yiliga tabiatga 4 trillion dona bir martalik paket chiqindi sifatida tashlanadi. Okeanga esa 4 milliondan 6 million tonnagacha plastik chiqindilar chiqarib yuboriladi”, – dedi polimer texnologiyasi bo‘yicha muhandis Farrux Hidoyatov.
Shuningdek, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor biologik parchalanadigan polimer materiallar texnologiyasini joriy etish rejalashtirilmoqda.
“Plastik paketlar insoniyat tomonidan ishlab chiqarilgan chiqindilarning 7-10 foizini tashkil qiladi. Ularda dioksinlar, kanserogenlar kabi ko‘p miqdorda zararli moddalar mavjud. Plastik paketlar ishlab chiqarishda qo‘rg‘oshindan foydalaniladi. Uning inson tanasida to‘planishi esa ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘ladi”, – dedi mutaxassis.
Hozirda respublikada polietilen paketlarni qayta ishlash bo‘yicha 101 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston hududida 2024-yil 1-yanvardan qalinligi 100 mikrondan kam bo‘lgan polimer paketlarni ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi. Bu plastik rulonli paketlar va biologik parchalanadigan xo‘jalik sumkalariga taalluqli emas. Ushbu talablarni buzish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, maishiy va poligon chiqindilarining asosiy qismini plastik paketlar tashkil qiladi, ular biologik parchalanmaydi. Iste’molda plastik paketlar o‘rtacha 25 daqiqa davomida ishlatiladi va keyin chiqindi sifatida tashlanadi. Ularning parchalanishi uchun 100-500 yil kerak bo‘ladi.