O‘zbekistonda mahbuslarni tashishga mo‘ljallangan maxsus vagonlar ishlab chiqarildi

© Foto : O‘zbekiston temir yo‘llariNovie spetsialnie vagoni otpravleni v Kazaxstan.
Novie spetsialnie vagoni otpravleni v Kazaxstan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, mazkur vagonlar dizayni o‘ziga xos bo‘lib, qo‘shimcha zamonaviy jihozlarni o‘z ichiga oladi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekistonda mahbuslarni tashishga mo‘ljallangan maxsus vagonlar ishlab chiqarildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, ularni “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ Qozog‘iston Milliy gvardiyasining texnik shartlariga asosan ishlab chiqargan. 8 dona shunday maxsus vagon Ostona shahriga yetkazib berilgan va buyurtmachiga topshirilgan.
Ular MDH davlatlari temir yo‘llarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Vagonlar TR TS 001/2011 texnik reglamentining barcha talablariga to‘liq javob beradi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega.
“Mazkur vagonlar dizayni o‘ziga xos bo‘lib, qo‘shimcha zamonaviy jihozlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, havoni mo‘’tadillashtirish tizimi, ichimlik suvi va havoni dezinfeksiyalash uskunasi, ekologik toza biohojatxona, video kuzatuv moslamasi, eshiklar holati to‘g‘risida signal beruvchi qurilma va boshqalar”, — deyiladi xabarda.
© Foto : O‘zbekiston temir yo‘llariNovie spetsialnie vagoni otpravleni v Kazaxstan.
Novie spetsialnie vagoni otpravleni v Kazaxstan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Novie spetsialnie vagoni otpravleni v Kazaxstan.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda ikki davlatning o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida yangi maxsus vagonlarini ishlab chiqarish loyihalari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolariga jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkoni berilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0