Isroil yana G‘azo sektoriga hujum qildi

© AP Photo / Khalil HamraIzrail vnov atakoval sektor Gaza
Izrail vnov atakoval sektor Gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Isroil armiyasi G‘azo sektoriga zarbalarni qayta boshlaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Isroil harbiylari G‘azo sektoriga zarbalarni qayta boshladi. Bu haqda RIA Novosti Isroil mudofaa kuchlariga tayanib xabar berdi.
G‘azo sektoriga zarbalar qayta boshlangani haqidagi e’lon armiyaning Isroil harbiylari Livan janubida ham zarba berayotgani haqidagi bayonotidan keyin paydo bo‘ldi.

“Bir muncha vaqt oldin Isroil mudofaa kuchlari qiruvchi samolyotlari XAMAS terror tashkilotining G‘azo sektoridagi qo‘shimcha obyektlar, jumladan, yer osti qurol ishlab chiqarish inshooti, ​​uchta qo‘shimcha qurol ishlab chiqarish obyekti va terrorchilar tunneliga hujum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, avvalroq - jumaga o‘tar kechasi Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi XAMAS harakati nishonlariga – ikkita tunnel va ikkita qurol ishlab chiqarish obyektiga hujum qilgan edi.
Harakat vaziyatning keskinlashuvida Isroilni aybladi va Falastin xalqini “bosqinchilarga qarshi kurashda” birlashishga chaqirdi.
Avvalroq Falastin rahbariyati Isroil hukumatini Ibodatxona tog‘ida falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida davom etayotgan to‘qnashuvlar fonida Quddusda keskinlik va beqarorlik muhitini yaratayotganlikda ayblagan edi.
XAMAS nazoratidagi "Alray" axborot agentligi, o‘z navbatida, Isroilning G‘azo shahri sharqidagi harbiy obyektga bergan zarbasi natijasida, zarar ko‘lami va tafsilotlari aytilmagan holda, turar-joy binolari va yaqin atrofdagi kasalxonaga “katta zarar yetkazildi”.
Yangiliklar lentasi
0