Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Donesk markazini raketa bilan o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishRazbitoe okno i gilzi na podokonnike v jilom dome v Kiyevskom rayone Doneska, gde v noch na 20-fevralya bila likvidirovana ukrainskaya diversionnaya gruppa.
Razbitoe okno i gilzi na podokonnike v jilom dome v Kiyevskom rayone Doneska, gde v noch na 20-fevralya bila likvidirovana ukrainskaya diversionnaya gruppa. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Shahar meri Aleksey Kulemzinning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik millatchilar zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizim bilan yana Donesk markazini o‘qqa tutishdi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Ukraina qo‘shinlar juma kuni kunduzi Doneskning markaziy Voroshilov tumanini raketalar bilan o‘qqa tutdi. Bu haqda Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazidagi DXR vakolatxonasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, snaradlar tumandagi yopiq bozorda portlagan. Shahar meri Aleksey Kulemzin o‘qqa tutish oqibatida tinch aholi jabrlanganini ma’lum qildi.
“Ukrainalik millatchilar zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizim bilan yana Donesk markazini o‘qqa tutishdi. Yopiq bozor hududi, Shevchenko xiyoboni va Pushkin xiyoboni dushmanning o‘q yog‘dirishi ostida qoldi. Jabrlanganlar bor”, - deya yozdi Donesk meri o‘zining Telegram-kanalida.
Kulemzinning aniqlik kiritishicha, bir kishi halok bo‘lgan, yana olti kishi jabrlangan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shahrimiz markazining o‘qqa tutilishi oqibatida Moskva vaqti bilan soat 13:10 holatiga ko‘ra bir kishining o‘limi qayd etilgan. Olti kishi yarador bo‘ldi. Ma’lumot aniqlashtirilmoqda”, - deya yozdi u.
Yangiliklar lentasi
0