https://oz.sputniknews.uz/20230407/chernigovlik-havaskor-qaerga-uchayotgan-edi-33679943.html
Chernigovlik "havaskor" qayerga uchayotgan edi
Chernigovlik "havaskor" qayerga uchayotgan edi
Sputnik O‘zbekiston
Jang maydonida mag‘lubiyatdan boshqa narsaga qodir bo‘lmagan Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaga qarshi diversion kurashni kuchaytirmoqda.
2023-04-07T21:20+0500
2023-04-07T21:20+0500
2023-04-07T22:15+0500
ukraina
rossiya
hujum
havo mudofaa tizimi
kolumnistlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33637250_0:0:3142:1768_1920x0_80_0_0_a42456a95b7b7c1ac6af2270f4329dca.jpg
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari obyektiv ravishda muvaffaqiyatli “qarshi hujumga” tayyor emas va Kiyev rejimi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi va Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiyaning chegara hududlarida qo‘poruvchilik operatsiyalarini kuchaytirish orqali harbiy zaiflikni “ko‘r-ko‘rona” qoplashga harakat qilmoqda. Pentagon esa buni ma’qullamoqda.Bransk viloyatining Klinsovskiy tumanida 5-aprel kuni ukrainalik havaskor uchuvchi yengil motorli A-22 samolyotida Chernigov viloyatidan havoga ko‘tarilib Rossiya chegarasini kesib o‘tgan. Yonida hujjatlari bo‘lmagan, qurollangan uchuvchini Rossiya xavfsizlik kuchlari “qo‘ndirdi”. Chernigovlik “Skorseni”ning kiyim-kechagi, qurollari va jihozlariga qaraganda, u razvedka, diversiya yoki Ukraina razvedkasi xodimini Rossiyadan evakuatsiya qilish maqsadida kelganini taxmin qilish mumkin.Qo‘lga olingan shaxs 67 yoshli fuqaro — Aleksandr Morozov ekanlini, Ukraina havo mudofaa tizimlarini tekshirish uchun yollanganini va go‘yoki “tasodifan” Rossiya havo hududiga kirib qolganligini bildirdi. Aytishiga ko‘ra, uning vazifasi – past balandlikda, yetakchining (samolyot) orqasida uchish va uning buyrug‘i bilan suratga olish bo‘lgan. Mazkur missiyani bajarish uchun unga 50 000 grivna (1350 dollar ekvivalenti) va’da qilishgan. Avtomatni esa unga “o‘zini himoya qilishi uchun” berishgan ekan. Uchuvchi majburan qo‘ndirilganidan so‘ng qurolni va jihozlarini o‘rmonga tashlab yuborgan. U yerdan, shuningdek ikkita elektron planshet va ikkita videokamera ham topilgan. Ashaddiy ukrain millatchisi Morozov faol va pullik asosda 2014-yildan buyon UQKga “yordam berib” keladi.Aytish joizki, Ukraina chegarasidan taxminan 70 km masoofada joylashgan “Slava” zavodiga avval ikki marotaba – 2022-yilning 30-noyabr va 6-dekabr kunlari UQK dronlari tomonidan hujumga uchragan. Qo‘poruvchilik harakatlarining biridan so‘ng, Bransk o‘t o‘chiruvchilari neft mahsulotlari bo‘lgan uchta rezervuarlarda yong‘in bilan kurashishga majbur bo‘lishgan.Bransk viloyati hududida terrorchilik xavfining “sariq” darajasi mavjud, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qilish organlari kuchaytirilgan rejimda ishlaydi. Shunga qaramay, mintaqa UQK tomonidan doimiy vayronkor reydlar zonasi bo‘lib qolmoqda.Suraj va Klinsi tumanlaridagi voqealardan tashqari, 5-aprel kuni Ukrainaning uchuvchisiz-kamikadze samolyoti Suzem tumaniga (Sumi viloyati bilan chegaradosh) hujum qildi. Bugun ertalab Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Bransk viloyati chegarachilari Pogar tumanida 20 kishidan iborat Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining Rossiya hududiga kirish harakatlariga to‘sqinlik qilindi. Xuddi shu joyda ukrainalik millatchilar chegaradagi Zapesoche qishlog‘ini ertalab ikki marta o‘qqa tutdi. Bu yil bahorning issiq bo‘lish ehtimoli yuqori.Vayronkor urushUQK qo‘mondonligi G‘arbiy hujumchi dronlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ymoqda va Rossiya Federatsiyasining chegaradosh hududlarida Rossiya havo mudofaa tizimlarini chetlab o‘tish yo‘llarini sinchkovlik bilan tahlil qilmoqda. Chernigov, Sumi, Xarkov razvedkachilari va qo‘poruvchilarining yashirin o‘rmon yo‘llari va boshqariladigan reydlari UQKning bahorgi “qarshi hujumi” paytida dronlardan ommaviy foydalanish uchun ishlatiladi. UKQ va Ukraina Xavfsizlik xizmatining Rossiyaning chegaradosh hududlarida qo‘poruvchilik faoliyatining kuchayishi alohida e’tibor va yuqori keskinlikni, keng ko‘lamli qarshi choralarni talab qiladi.Rossiya harbiy razvedkasi UQKning tayyorgarligini muntazam ravishda bartaraf etadi – Odessaning “Shkolniy” aerodromida va NATOning uchuvchisiz aviatexnikalari to‘plangan boshqa nuqtalarida sirli angarlar muntazam ravishda portlaydi va yonadi. Biroq, uzunligi 1000 km dan ortiq bo‘lgan chegara chizig‘ini – Bransk, Kursk va Belgorod viloyatlarida –“pashsha ham uchib o‘tmaydigan” qilib elektro-optik kuzatuv uskunalari, havo mudofaasi va elektron urush tizimlari bilan to‘sib qo‘yish qiyin. Rossiyaning to‘rtta yangi mintaqasidagi og‘ir vaziyat haqida gapirmasa ham bo‘ladi.Bundan tashqari, Kiyevdagi Bosh razvedka boshqarmasi qo‘poruvchilarni boshqarish markazining joylashgan joyi ma’lum – Elektrikov ko‘chasi, 33 (yarim oroldagi turar-joy qurilishidan alohida ajratilgan binolar majmuasi). Mutaxassislar yana bir nechta manzillarni sanashadi. Albatta, bunday obyektlarga kuch ayamaslik kerak. Agar ko‘poruvchilik operatsiyalari hali “go‘dakligida” faolroq yo‘q qilinsa, Ukraina dronlarining Rossiya chegaralari – havo, dengiz va quruqlik yaqinida keskin kamayishi kuzatiladi. AQSh Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken NATOning "ochiq eshiklari" Ukraina uchun yopiqligini bir kun tushunib yetadi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33637250_413:0:3142:2047_1920x0_80_0_0_db4e62d7db60844757bdc0f5bae77128.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
ukraina qurolli kuchlari rossiya diversion kurash chegara
ukraina qurolli kuchlari rossiya diversion kurash chegara
Chernigovlik "havaskor" qayerga uchayotgan edi
21:20 07.04.2023 (yangilandi: 22:15 07.04.2023) Jang maydonida mag‘lubiyatdan boshqa narsaga qodir bo‘lmagan Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaga qarshi diversion kurashni kuchaytirmoqda.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari obyektiv ravishda muvaffaqiyatli “qarshi hujumga” tayyor emas va Kiyev rejimi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi va Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiyaning chegara hududlarida qo‘poruvchilik operatsiyalarini kuchaytirish orqali harbiy zaiflikni “ko‘r-ko‘rona” qoplashga harakat qilmoqda. Pentagon esa buni ma’qullamoqda.
Bransk viloyatining Klinsovskiy tumanida 5-aprel kuni ukrainalik havaskor uchuvchi yengil motorli A-22 samolyotida Chernigov viloyatidan havoga ko‘tarilib Rossiya chegarasini kesib o‘tgan. Yonida hujjatlari bo‘lmagan, qurollangan uchuvchini Rossiya xavfsizlik kuchlari “qo‘ndirdi”. Chernigovlik “Skorseni”ning kiyim-kechagi, qurollari va jihozlariga qaraganda, u razvedka, diversiya yoki Ukraina razvedkasi xodimini Rossiyadan evakuatsiya qilish maqsadida kelganini taxmin qilish mumkin.
Qo‘lga olingan shaxs 67 yoshli fuqaro — Aleksandr Morozov ekanlini, Ukraina havo mudofaa tizimlarini tekshirish uchun yollanganini va go‘yoki “tasodifan” Rossiya havo hududiga kirib qolganligini bildirdi. Aytishiga ko‘ra, uning vazifasi – past balandlikda, yetakchining (samolyot) orqasida uchish va uning buyrug‘i bilan suratga olish bo‘lgan. Mazkur missiyani bajarish uchun unga 50 000 grivna (1350 dollar ekvivalenti) va’da qilishgan. Avtomatni esa unga “o‘zini himoya qilishi uchun” berishgan ekan. Uchuvchi majburan qo‘ndirilganidan so‘ng qurolni va jihozlarini o‘rmonga tashlab yuborgan. U yerdan, shuningdek ikkita elektron planshet va ikkita videokamera ham topilgan. Ashaddiy ukrain millatchisi Morozov faol va pullik asosda 2014-yildan buyon UQKga “yordam berib” keladi.
Bugun 5-aprel kuni Bransk viloyatining Suraj tumanida ukrainaning ikkita kichik sport samolyoti hujum qilganini va “Kiyev arvohi”lari u yerdagi "Slava"(Rosrezerv) zavodi hududiga past balandlikdan uchib ikkita bomba tashlaganligi haqida batafsil ma’lumot paydo bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q. Yerda diametri to‘rt metrdan ortiq bo‘lgan chuqur qolgan. Shubhasiz, Klinsi tumanida Ukraina samolyotlaridan biri razvedka va qo‘poruvchilik missiyasini bajarib, qaytayotganida majburan qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan.
Aytish joizki, Ukraina chegarasidan taxminan 70 km masoofada joylashgan “Slava” zavodiga avval ikki marotaba – 2022-yilning 30-noyabr va 6-dekabr kunlari UQK dronlari tomonidan hujumga uchragan. Qo‘poruvchilik harakatlarining biridan so‘ng, Bransk o‘t o‘chiruvchilari neft mahsulotlari bo‘lgan uchta rezervuarlarda yong‘in bilan kurashishga majbur bo‘lishgan.
Bransk viloyati hududida terrorchilik xavfining “sariq” darajasi mavjud, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qilish organlari kuchaytirilgan rejimda ishlaydi. Shunga qaramay, mintaqa UQK tomonidan doimiy vayronkor reydlar zonasi bo‘lib qolmoqda.
Suraj va Klinsi tumanlaridagi voqealardan tashqari, 5-aprel kuni Ukrainaning uchuvchisiz-kamikadze samolyoti Suzem tumaniga (Sumi viloyati bilan chegaradosh) hujum qildi. Bugun ertalab Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Bransk viloyati chegarachilari Pogar tumanida 20 kishidan iborat Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining Rossiya hududiga kirish harakatlariga to‘sqinlik qilindi. Xuddi shu joyda ukrainalik millatchilar chegaradagi Zapesoche qishlog‘ini ertalab ikki marta o‘qqa tutdi. Bu yil bahorning issiq bo‘lish ehtimoli yuqori.
Amerikaning CNN telekanali UKQ tomonidan Rossiya ichkarisidagi logistika obyektlariga HIMARS tipidagi qurollar yordamida qo‘poruvchilik harakatlar va hujumlar sonining ko‘payishini bashorat qilmoqda. Bu bashoratga ishonish mumkin, chunki Ukraina Bosh shtabi Pentagonning ijodiy qo‘g‘irchog‘i-ku.
UQK qo‘mondonligi G‘arbiy hujumchi dronlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ymoqda va Rossiya Federatsiyasining chegaradosh hududlarida Rossiya havo mudofaa tizimlarini chetlab o‘tish yo‘llarini sinchkovlik bilan tahlil qilmoqda. Chernigov, Sumi, Xarkov razvedkachilari va qo‘poruvchilarining yashirin o‘rmon yo‘llari va boshqariladigan reydlari UQKning bahorgi “qarshi hujumi” paytida dronlardan ommaviy foydalanish uchun ishlatiladi. UKQ va Ukraina Xavfsizlik xizmatining Rossiyaning chegaradosh hududlarida qo‘poruvchilik faoliyatining kuchayishi alohida e’tibor va yuqori keskinlikni, keng ko‘lamli qarshi choralarni talab qiladi.
Rossiya harbiy razvedkasi UQKning tayyorgarligini muntazam ravishda bartaraf etadi – Odessaning “Shkolniy” aerodromida va NATOning uchuvchisiz aviatexnikalari to‘plangan boshqa nuqtalarida sirli angarlar muntazam ravishda portlaydi va yonadi. Biroq, uzunligi 1000 km dan ortiq bo‘lgan chegara chizig‘ini – Bransk, Kursk va Belgorod viloyatlarida –“pashsha ham uchib o‘tmaydigan” qilib elektro-optik kuzatuv uskunalari, havo mudofaasi va elektron urush tizimlari bilan to‘sib qo‘yish qiyin. Rossiyaning to‘rtta yangi mintaqasidagi og‘ir vaziyat haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
5 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Lugansk Xalq Respublikasi, Donesk Xalq Respublikasi, Zaporojye va Xerson viloyatlarining ozod qilingan hududlaridagi yashirin diversion kuchlarga qarshi “qattiq va samarali” kurash olib borishga da’vat qildi. Bransk, Kursk, Belgorod, Voronej viloyatlarining mahalliy aholisidan kuzatuvchi “harbiy xodimlarni” faolroq jalb qilish (va moliyaviy jihatdan rag‘batlantirish) bir xil darajada ahamiyatli. Har bir inson mobil aloqaga ega va chegarani himoya qilish bir muncha vaqt umummilliy ishga aylanishi mumkin.
Bundan tashqari, Kiyevdagi Bosh razvedka boshqarmasi qo‘poruvchilarni boshqarish markazining joylashgan joyi ma’lum – Elektrikov ko‘chasi, 33 (yarim oroldagi turar-joy qurilishidan alohida ajratilgan binolar majmuasi). Mutaxassislar yana bir nechta manzillarni sanashadi. Albatta, bunday obyektlarga kuch ayamaslik kerak. Agar ko‘poruvchilik operatsiyalari hali “go‘dakligida” faolroq yo‘q qilinsa, Ukraina dronlarining Rossiya chegaralari – havo, dengiz va quruqlik yaqinida keskin kamayishi kuzatiladi. AQSh Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken NATOning "ochiq eshiklari" Ukraina uchun yopiqligini bir kun tushunib yetadi.